Qoqshol qo`zg`atuvchisi
Download 64.5 Kb.
|
2 5375338290352229044
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antigen tuzilishi.
- Hayvonlarga nisbatan patogenligi.
- C l o s t r i d u m n o v y i ni
Fermentativ xususiyati. C.rerfringens ko`p qandlarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Jelatinani sekin suyultiradi, sutni tez ivitadi, nitratni nitritga qaytaradi, indol hosil qiladi.
Toksin hosil qilishi. C.rerfringens kimyoviy tuzilishi bo`yicha murakkab ekzotoksin ajratadi, bu bir necha fraksiyalardan: alfa-gemolizin (S-fosfolipaza), beta-nekrotoksin, neyrotoksin va enterotoksinlardan iborat. Qo`zg`atuvchi proteinaza, fibrinolizin, kollagenaza, gialuronidaza, neyraminidaza, dezoksiribonukleaza va boshqalarni ajratadi. Antigen tuzilishi. C.rerfringens antigen tuzilishiga ko`ra A, B, C, D,E, F serologik variantlarga bo`linadi. Bu serovarlar serologic xususiyatlari va toksinlarning spesifikligi bilan farq qiladi. Serovar A odam ichagida normal mikroflora sifatida yashaydi, agar u parenteral yo`l bilan organizmga kirsa, anaerob infeksiyani, serovar D odam va hayvonlarda yuqumli enterotoksemiyani, serovar E odamlarda nekrotik enteritni, B va C lar esa, asosan, hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. F ning xususiyatlari hali to`liq o`rganilmagan. Hayvonlarga nisbatan patogenligi. C.rerfringens barcha uy hayvonlariga nisbatan patogen bo`lib, turli og`ir kasalliklarni qo`zg`atadi. Tajriba hayvonlaridan dengiz cho`chqachasi, quyon, kaptar va oq sichqonlar juda moyil hisoblanadi. Kultura kiritilgan joyda, shish, to`qimalarning chirishi, gaz to`planishi kuzatiladi va ularning qonida doimo qo`zg`atuvchi bo`ladi. C l o s t r i d u m n o v y i ni F.Novi kashf etgan (1894). Undan avvalroq 1891 yili M.Vaynberg va K.Segenlar uning kasal qo`zg`ata olish xususiyati borligini aytib o`tishgan. C.novyi anaerob infeksiyani qo`zg`atishda ikkinchi o`rinni egallaydi. Morfologiyasi. C novyi yirik polimrof ikki cheti bir oz bukilgan tayoqcha bo`lib, uzunligi 4,7—22,5 mkm, eni 1,4—2,5 mkm. Alohida-alohida joylashishi mumkin, ko`pincha kalta zanjirga o`xshab joylashadi, harakatchan, 20 ga yasin xivchini bor, peritrix, grammusbat, tashqi muhitda spora hosil qiladi, u ko`pincha chetiga yasin joylashadi, odam va hayvon organizmida kapsula hosil qilmaydi. Nukleoid DNK tarkibida G+S 23 % ni tashkil etadi. O`sishi. C.novyi qat'iy anaerob. Ular uchun 37—45C0, pH 7,8 qulay sharoit hisoblanadi. Kitt-Tarossi muhitida avval quyqa, so`ng cho`kma hosil qilib, muhit tiniq holga aylanadi. Glyukozali qonli agarda R- shakldagi, gemoliz halqasiga ega bo`lgan koloniyalarni, agar ustunchasida esa momiqqa o`xshash, atrofiga ingichka ipchalar tarqalgan koloniyalar hosil qiladi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling