Qoqshol qo`zg`atuvchisi


Download 64.5 Kb.
bet4/13
Sana20.01.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1103484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5375338290352229044

Toksin hosil qilishi. Botulizm qo`zg`atuvchilari kuchli 2 xil ekzotoksin (neyrotoksin va gemolizin) hosil qiladi. Bakteriyalar oziq-ovqatga, go`sht, go`shtli ovqat va konservalarga, shuningdek, baliq maxsulotlariga tushganda qulay sharoit yaratiladi va natijada ko`p miqdorda ekzotoksin ajraladi. Bu barcha biologik, ya'ni bakteriya toksinlaridan kuchli hisoblanadi. U fizik omillar hamda me'da shirasi ta'siriga chidamli, shuning uchun o`zgarmasdan qonga so`riladi, ammo 100C0 qaynatilganda bir necha daqiqada parchalanadi.
Antigen tuzilishi. Botulizm bakteriyalari umumiy O- va maxsus xivchinli H-antigenlarga ega. Kulturalari antigen tuzilishi va toksiniga ko`ra 8 ta serologik variantlarga bo`linadi. Shulardan A, B, E serovarlar keng tarqalgan bo`lib, asosan, odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. H-antigen maxsus bo`lib, har bir serovarga xosdir.
Chidamliligi.  S.botulinum hayvon va odamlar najasi orqali tabiiy sharoitda tashqi muhitga tushib turadi. Tuproqda bakteriyalar spora holatida uzoq muddat saqlanibgina qolmay, balki ko`payadi ham. Vegetativ holatidagilar 80C0 da 30 daqiqada o`ladi. Spora holatidagilar 120 C0 haroratda avtoklavda 30 daqiqaga, 20% li formalin, 5% li fenol eritmalarida 24 soatgacha chidaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Botulizm toksiniga ot, qoramol, qo`y, echki va qushlar moyil.Tajriba uchun, asosan, dengiz cho`chqachasi, oq sichqon, mushuk, quyonlardan foydalaniladi. Dengiz cho`chqachasiga zahar yuborilgandan so`ng u 3-4 kun ichida o`ladi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Odamlarga kasallik botulizm mikroblari yoki toksinlari tushgan ovqat yeganda yuqadi. Zaharlanish aksari termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay, xonadonda tayyorlangan konservalar iste'mol qilinganda ro`y beradi. Bakteriyalar anaerob sharoitda odam organizmida ko`payadi va zahar ajratadi. Ekzotoksin, asosan, bemorning nerv sistemasiga kuchli ta'sir etadi - bu neyrotoksin hisoblanadi. Botulizm toksini ichakda so`riladi, qonga o`tadi va butun organizmga tarqalib, asosan, muskullarga, yurak-tomir faoliyatiga ta'sir etadi. Ekzotoksin uzunchoq miyaning yadrosini shikastlaydi. Kasallikning yashirin davri 2-12 soat. Kasallik to`satdan boshlanadi. Bemorda umumiy holsizlik, qattiq bosh og`rig`i, bosh aylanishi, bezovtalanish va uyqusizlik kuzatiladi. Ularda gastroenteritga xos belgilar, ko`ngil aynishi, qusish, ich ketishi ro`y beradi. Bundan tashqari ko`z qorachig`ining shakli o`zgaradi, ko`zni harakatlantiruvchi muskullarda falajlik sodir bo`ladi, akkomodasiya buziladi, yutish qiyinlashadi, ovoz chiqmay qoladi (afoniya), quloq eshitmaydi. Bu kasallikda o`lim juda yuqori bo`lib, 40-60% ni tashkil etadi.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling