Qora metallar Temir konlari Sanoat tiplari


Download 436 Kb.
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1453956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403768532 46555

Qora metallar


Temir konlari.
Sof temir – kulrang oqish rangdagi yaxshi cho‘ziluvchan, elektr toki va issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan metall. Temirning klarki 4,65, erish harorati 1534 °С, qaynash harorati 3200 °С, solishtirma og‘irligi 7,88. Qazib olinadigan temirning 90 % cho‘yan ishlab chiqarish uchun, cho‘yanning 90 %i esa turli po‘latlar ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Tarkibida 2,5 %dan 4 %gacha C (uglerod) bo‘lgan temir cho‘yan hisoblanadi; agar C miqdori 0,2 %dan 1,5 %gacha bo‘lsa «po‘lat» deb yuritiladi.
Qozonlar, isitish batareyalari, isitish pechlari cho‘yandan tayyorlanadi. 2005 yili ma’lumotlariga qaraganda dunyodagi temir ma’danlarining tabiiy zaxirasi 160 mlrd t atrofida; ularning asosiy qismi (71%) Rossiyada (25 mldr t), Braziliyada (23 mlrd t), Avstraliyada (15mlrd t), Ukrainada (30 mlrd t) va Xitoyda (21 mlrd t). qolgan qismi
Qozog‘iston (8,3 mlrd t) AQSH (6,9 mlrd t), Hindiston (6,6 mlrd t),Shvetsiya (3,5 mlrd t), Venesuela (4,0 mlrd t), Kanadada, Eron va JARda joylashgan. Temirning dunyo bo‘yicha umumiy resursi 8000 mlrd t deb baholanadi. Bir yilda dunyoda 1mlrd 320 mln t temir eritib olinadi. Temir qazib olish bo‘yicha Braziliya birinchi o‘rinda turadi (300 mln t).
Temir 450 ga yaqin mineral hosil qiladi; ammo sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgani 10–12 ta (4-rasm):

magnetit
gematit
siderit
Fe3O4-72,4 % Fe
Fe2O3-70 % Fe
FeCO3-48,3 %

gidrogotit (limonit) HFeO2-62,9 % Fe
gyotit FeO2 · H2O – 52,0-62,9 % Fe

magnomagnetit
(Mg, Fe)O· Fe2O324-38 % ·Fe.

Temir ma’danlari ularning tarkibidagi metallning miqdoriga qarab boy, o‘rta va kambag‘al turlariga ajratiladi. Tarkibida temir 50 %dan ko‘p bo‘lgan ma’danlar boy, 40–50 % bo‘lsa o‘rta, 25–40 % temir bo‘lganlari kambag‘al, 17–19 % temir bo‘lganlari juda kambag‘al hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha qazib olinadigan temirning 68 %ga yaqini boy ma’danlarga, 20 %ga yaqini o‘rta ma’danlarga, qolgani esa kambag‘al va juda kambag‘al ma’danlarga to‘g‘ri keladi





Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling