Qora metallar Temir konlari Sanoat tiplari
-rasm. Xromning ishlatilishi
Download 436 Kb.
|
1403768532 46555
8-rasm. Xromning ishlatilishi.
1-qotishmalar olishda, 2-maxsus po‘latlar, 3-podshipniklar, 4-elektr jihozlari, 5-bo‘yoqlar, 6-charm sanoatida, 7-bo‘yoq va ximikatlar. Titan konlari Sof titan-oq rangdagi kumushsimon yaltiraydigan metall. Titanning klarki 0,45, erish harorati 1660 °С, qaynash harorati 3000 °С, solishtirma og‘irligi 4,5. Titan, Al, Mg, Fe, Cr, Cu, Mo, W kabi elementlar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday qotishmalar nisbatan yengilligi va po‘latlarga nisbatan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Titanning qotishmalari samolyotda, raketada, zirx ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Undan tashqari titan oksidi oq buyoqlar tayyorlashda, plastmassa, linoleum tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Titan 80ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari: rutil ilmenit loparit TiO2 –60 % Ti FeTiO3 –32 % Ti (Na,Ce,Ca)(Nb,Ti)O3 – 23,5 Ti titanomagnetit 2–6 % TiO2 Dunyo bo‘yicha ilmenitning zaxirasi 2005 yilda 650 mln. T.ni tashkil etgan. Uning 200 mln t – Xitoyda, 130 mln.t Avstraliyada, 85 mln t – Hindistonda, 63 mln t – JARda to‘plangan. 2005 yilda dunyo bo‘yicha 5,16 mln t titan minerallari qazib olingan. Uning asosiy qismi Avstraliya, JAR, Kanada, Xitoy, Norvegiya, AQSH, Ukraina va Hindistonda ishlab chiqarilgan. Titan elementi «koinot elementi» deb ham ataladi. Sababi – u temirdan ikki hissa yengil, ancha mustahkam bo‘lib, havo ta’sirida yuzasida hosil bo‘luvchi yupqa parda uni korroziyadan to‘la saqlaydi. Titandan yasalgan avtomat stansiyalar, Oyga uchuvchi kemalar, sun’iy yo‘ldoshlar mutlaq vakuum holatidagi qattiq sovuq va yuqori darajadagi issiqqa bardosh beradi. Kosmik apparatlar devorlari koinotda ulkan tezlikda uchib yurgan jinslar zarbasiga uchraydi, kosmik radiatsiya ta’siriga duch keladi. Shunday noqulay sharoitlarga chidash bera oladigan element faqat titan hisoblanadi. Boshqa elementlar bunday sharoitda «qaynab» bug‘lanib ketadi yoki o‘z atomlarini yo‘qotib, fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi.Amerikaning «Apollon», «Chelenjer» va Rossiyaning «Buran» kabi kosmik kemalarida 60 tonnadan ortiq titan ishlatilgan. Apparatlardagi kimyoviy faol moddalar titandan yasalgan idishlarda saqlanadi, 200 atmosfera bosimidagi havo silindrlari faqat titandan yasaladi. Oyga tushirilgan «Apollon» moduli ham titandan yasalgan. Suvda suzuvchi kemalarning disklari va boshqa qismlari, o‘ta chuqur (15–20 km) burg‘ilash ishlarida ishlatiladigan quvurlar yasashda titandan foydalaniladi. Titan ma’danining dunyo bo‘yicha sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan to‘plamlari sochma va magmatik konlar bilan bog‘liqdir. Titanmagnetit ma’danli yirik konlaridan biri Rossiyada – Janubiy Ural tog‘larida joylashgan Kusinsk, JARda – Bushveld konlaridir Kusinsk koni asosli jinslar – gabbro va ularning metamorfizmga uchragan turi – amfibolitlarda shakllangan bo‘lib, dayka tanalaridan iborat. Ma’dan tanalari kengligi 0,3–1,5 km va uzunligi 100 km ga yetadigan zonani tashkil etadi. Chuqurligi 700–900 m gacha boradi. Ma’danning mineral tarkibi 90–95 %gacha ilmenit va magnetitdan iborat. Bulardan tashqari gematit, leykoksen, rutil, pirit, xalkopirit, xlorit, apatit, granat uchraydi. Ma’dan tarkibida 50–55 % temir, 10–20 % titan oksidi, 1–2 % xrom oksidi, marganets, oltingugurt va vanadiy uchraydi. Titanning O‘zbekistondagi konlari va ma’dan namoyonlari 2 genetik tipga (magmatik va sochma) mansub. Titan O‘zbekiston xomashyo bazasida sanoat ahamiyatiga ega emas. O‘zbekistondagi magmatogen konlarga misol tariqasida Qoraqalpog‘istonning Sultonuvays tog‘larining shimoliy yon bag‘rida joylashgan Tebinbuloq konini keltirish mumkin. Kon 1937-yilda Ya.S.Vasnevskiy tomonidan ochilgan bo‘lib, 8 km2 maydonni egallaydi. Kon hududida o‘ta asosli jinslar – piroksenit, tebinit, goribidit va peridotitlar keng tarqalgan. Ma’danlashish ilmenit-titanomagnetitdan iborat bo‘lib, kengligi 100–400 m, uzunligi 2,5 km gacha cho‘zilgan zonadan iborat. Ma’dan tarkibi: 80–95 % magnetit; 3–15 % ilmenit; 5 % gematit va 1 % xalkopirit, pirit va pirrotindan iborat. Titan miqdori 4,75 %ni tashkil qiladi va sanoat talabiga javob bermaydi. Magmatik konlar uchun titanga konditsiya talablari 5 %ni tashkil qiladi. Titanning yirik sochma konlari Rossiya, Hindiston, AQSH,Braziliya va Avstraliyada joylashgan bo‘lib, ular hozirgi va qadimgi qirg‘oqbo‘yi – dengiz va allyuval yotqiziqlarda uchraydi. Bu yerdagi qum otqiziqlarida ilmenit, magnetit, rutil, sirkon, monatsit va boshqa minerallar uchraydi. Sochma qumlar 100–150 km gacha 20–60 m kenglikda joylashgan bo‘lib, mahsuldor qatlam qalinligi 2–4 m ni tashkil etadi. Titan minerallarining miqdori 10 dan 60 %gacha, ba’zan 80 %ga yetadi. O‘zbekistonda rutil-sirkon-ilmenitli sanoat tipiga mansub titanning sochma konlari Orol dengizining g‘arbiy qirg‘oqlarida, yuqori oligotsen-miotsen yotqiziqlarida tarqalgan. Konning uzunligi 50 km, kengligi 35–200 m, mahsuldor qatlam qalinligi 0,4–1,8 bo‘lib, foydali minerallar (ilbmenit, rutil, sirkon) o‘rtacha miqdori 4,5 kg/m3 ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu ko‘rsatkich sanoat talablariga javob bermaydi. Kusinsk koni asosli jinslar – gabbro va ularning metamorfizmga uchragan turi – amfibolitlarda shakllangan bo‘lib, dayka tanalaridan iborat. Ma’dan tanalari kengligi 0,3–1,5 km va uzunligi 100 km ga yetadigan zonani tashkil etadi. Chuqurligi 700–900 m gacha boradi. Ma’danning mineral tarkibi 90–95 %gacha ilmenit va magnetitdan iborat. Bulardan tashqari gematit, leykoksen, rutil, pirit, xalkopirit, xlorit, apatit, granat uchraydi. Ma’dan tarkibida 50–55 % temir, 10–20 % titan oksidi, 1–2 % xrom oksidi, marganets, oltingugurt va vanadiy uchraydi. Titanning O‘zbekistondagi konlari va ma’dan namoyonlari 2 genetik tipga (magmatik va sochma) mansub. Titan O‘zbekiston xomashyo bazasida sanoat ahamiyatiga ega emas. O‘zbekistondagi magmatogen konlarga misol tariqasida Qoraqalpog‘istonning Sultonuvays tog‘larining shimoliy yon bag‘rida joylashgan Tebinbuloq konini keltirish mumkin. Kon 1937-yilda Ya.S.Vasnevskiy tomonidan ochilgan bo‘lib, 8 km2 maydonni egallaydi. Kon hududida o‘ta asosli jinslar – piroksenit, tebinit, goribidit va peridotitlar keng tarqalgan. Ma’danlashish ilmenit-titanomagnetitdan iborat bo‘lib, kengligi 100–400 m, uzunligi 2,5 km gacha cho‘zilgan zonadan iborat. Ma’dan tarkibi: 80–95 % magnetit; 3–15 % ilmenit; 5 % gematit va 1 % xalkopirit, pirit va pirrotindan iborat. Titan miqdori 4,75 %ni tashkil qiladi va sanoat talabiga javob bermaydi. Magmatik konlar uchun titanga konditsiya talablari 5 %ni tashkil qiladi. Titanning yirik sochma konlari Rossiya, Hindiston, AQSH,Braziliya va Avstraliyada joylashgan bo‘lib, ular hozirgi va qadimgi qirg‘oqbo‘yi – dengiz va allyuval yotqiziqlarda uchraydi. Bu yerdagi qum otqiziqlarida ilmenit, magnetit, rutil, sirkon, monatsit va boshqa minerallar uchraydi. Sochma qumlar 100–150 km gacha 20–60 m kenglikda joylashgan bo‘lib, mahsuldor qatlam qalinligi 2–4 m ni tashkil etadi. Titan minerallarining miqdori 10 dan 60 %gacha, ba’zan 80 %ga yetadi. O‘zbekistonda rutil-sirkon-ilmenitli sanoat tipiga mansub titanning sochma konlari Orol dengizining g‘arbiy qirg‘oqlarida, yuqori oligotsen-miotsen yotqiziqlarida tarqalgan. Konning uzunligi 50 km, kengligi 35–200 m, mahsuldor qatlam qalinligi 0,4–1,8 bo‘lib, foydali minerallar (ilbmenit, rutil, sirkon) o‘rtacha miqdori 4,5 kg/m3 ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu ko‘rsatkich sanoat talablariga javob bermaydi. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling