Qora metallar Temir konlari Sanoat tiplari


-rasm. Temirning asosiy minerallari


Download 436 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1453956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403768532 46555

4-rasm. Temirning asosiy minerallari.




Sanoat tiplari.
Temir konlari barcha genetik tiplarda uchraydi. Biroq, bulardan cho‘kindi, vulkanogen-cho‘kindi, kontakt-metasomatik va metamorflashgan konlar muhim sanoat ahamiyatiga ega.
Rossiyadagi Kursk magnit anomaliyasi (KMA) Yer sharidagi eng yirik temir ma’danli provinsiyalardan biri hisoblanadi. KMA hududi 90 ming km2 bo‘lib, Kursk va Belgorod shaharlari atrofidajoylashgan. Uning 400Ч150 km o‘lchamli markaziy qismi amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Maydondagi temir ma’daniga boy qadimgi metamorfik jinslar qalinligi yer yuzasidan 80–100 m chuqurlikda o‘rtacha 50–80 m, ayrim joylarda 300 m ni tashkil qiladi. Tarkibida 26–38 % Fe bo‘lgan kvarsitlar kambag‘al ma’dan hisoblanadi. Kvarsitlarning yuqori nurashga uchragan qismi esa boy hisoblanadi. Bu(razrez KMA) qismda temir miqdori 54–65 %ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning temirga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji 1,8 mln tonnani tashkil etadi. Buning 600 ming tonnasi qora metallar chiqindilari va lom hisobiga va 1,2 mln tonnasi import hisobiga qondiriladi.
Respublikamizda temirning 200 ga yaqin kichik kon va ma’dan namoyonlari mavjud bo‘lib, qadim-qadimda bu yerlarda temir eritib olingani arxeologlar tomonidan aniqlangan. Bunday joylarga Shimoliy Nurota, Boysun tog‘lari, Chotqol-Qurama regioni kiradi.
Hozirgi paytga qadar mufassal o‘rganilib razvedka qilingan obyekt Surenota ma’danli maydoni sanaladi.
Surenota ma’danli maydoni.
Bu maydon Surenota tog‘ cho‘qqisida joylashgan bo‘lib, ma’muriy jihatdan Toshkent viloyati Bo‘stonliq va Parkent tumanlari chegarasida joylashgan.
Ma’danga yaqin aholi punktlari – Parkent shahri (7–8 km) va Kumushkon posyolkasi.
Maydonda temir ma’danini qadimda qazib olinganligini bildiruvchi karyer ko‘rinishidagi eski lo‘mlar uchraydi.
1959–62-yillarda olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida maydonda G‘arbiy, Sharqiy, Qo‘tirbuloq, Dalniy, To‘rtqora, Oqberdi, Laylakxona va Surenota uchastkalari aniqlanib o‘rganilgan.
Surenota ma’danli maydonidagi temir ma’danining bashoratli resursi 90 mln t, bor elementi ma’dani resursi 0,5 mln t, magniy elementi ma’dani resursi esa 35–50 mln t deb hisoblangan.
Ma’danda temir ma’danlashishi uch tipga ajratiladi:
1) gematit-limonitli. Bu tipga ma’dandagi Qo‘tirbuloq va Pochasyorbuloq ma’dan namoyonlari kiradi.
2) skarn-magnetitli. Bu tipga Zapadno‘y, Vostochno‘y, Laylakxona va Surenota uchastkalari kiradi..
3) kvars-gematitli tipga esa To‘rtqora va Oqberdi uchastkalari kiradi.
Qo‘tirbuloq uchastkasida ma’danlashish 250 m kenglikda 5 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, o‘rta devonning jivet yarusi terrigenkarbonatli jinslari orasida linza shaklida yotadi. Temir miqdori 24 %dan 62,7 %gacha boradi. Ma’dan tarkibi limonit-gematitli.
Skarn – magnetitli tipga mansub uchastkalardan eng keng o‘rganilgani Zapadno‘y hisoblanadi. U Surenota tog‘i markaziy qismida, intruziv jinslar bilan karbonatli jinslar kontaktiga joylashgan.
Bu yerda cho‘kindi jinslar metasomatik o‘zgargan, brusit jinslariga
aylangan.
Uchastkadagi ma’dan tarkibi magnetitli bo‘lib, pirit, xalkopirit, vismutin ham uchraydi.
Temirning o‘rtacha miqdori 38,5 %, mis – 0,1 %, kobalt – 0,002 foiz, vismut – 0,005 %. Uchastkaning bashoratlangan resursi – 15 mln t temir ma’dani.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling