Qoraqalpog`iston ulkasida qadimgi joylashish tosh davriga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm davlati Amudaryoning quyar joyida bizning eramizgacha VII-VI asrlarda joylashgan


Qoyqirilgan qa`la – Aspabaraqtin` qa`lasi


Download 20.94 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi20.94 Kb.
#1566492
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mizdakxan

Qoyqirilgan qa`la – Aspabaraqtin` qa`lasi.

Qoyqirilgan qa`la- tahminan ikki yarim ming yil ilgari bunyod etilgan jahon madaniyatining mashur yodgorliklaridan biri. To`rtkul shahridan 22km shimoliy-sharqida joylashgan bu bebaho xazina qadimgi Grek va Rim madaniyatining durdonalari bilan bir qatorda turadi. Erta zamonlarda qumlar arosida qolib ketgan bu yodgorlikni tabiyatning uzi qadrlab, uni bizning kunlarimizgacha yaxshi saqlanib kelgan. Ikki qavatli qurilishning birinchi qavatining tahminan ikki ming yil vaqt to`liq saqlanishi uning yaqqol dalili bula oladi.
Qa`la ilmda birinchi marotaba 1938-yili aniqlanib, 1952-1957- yillarda arxeologlar tamonidan tuliq tadqiqot ishlari olib borildi.
Markaziy Osiyoning qadimgi arxitekturaviy madaniyatining cho`qqilarining biri bo`lgan Qoyqirilgan qa`la oldin ola tayyorlangan reja buyicha diyametri 90 metr doira shaklida solingan. Qa`la atrofida ikki qavatli uq otish dahlizi bulib, ikki qator (tashqi va ichki) qurg`on devorlar bilan qursholgan. Uning devorlari buylab sakkiz joyda tupxonalar u`rnatilgan. Qurg`on devorlarni aylantirib eni 15 m, terangligi 3 m or qazilib, u suv bilan tuldirilgan. Qoyqirilgan qa`laning qurilish ishlarida Amudaryoning pastgi buyidagi xalqlar bilan aloqada qo`shni sak-massaget qavmlarinig tasiri kuchli bo`lgan. Tarixning otasi bo`lgan Gerodotning yozishi buyicha “kun” massagetlarning bosh xudosi bo`lgan. Shunday qilib “Xorazm” degan so`zning o`zi qadimgi Iran tilida “Kun vatani” degan ma`noni anglatgan. Demak, plani buyicha kun shaklidagi doira, odam yasashga beyimlashmagan, Qoyqirilgan qa`laning markaziy qurilishi mavzoley- xram. Qa`laning asosiy turg`unlari bo`lgan jrets-astronomlar ularning xizmatkorlari, qa`laga kelgan sayoxatchi- ziyoratchilar qo`rg`on ichida xramni aylantirilib solingan joylarda yashagan. Shuning uchun devorlari qalin pahsa loydan solingan bu joylar yozda salqin, qishda issiq yashishi uchun juda qulay etib solingan. Eramizdan oldingi uchunchi asrga tegishli qa`ladan topilgan yozuvdagi “Asbaraq” yoki “Aspadak” xramning shu vaqtdagi bosh jretsi va astronomi bulishi ehtimol. Qa`la turg`unlari astronomik tadqiqot natiyjasida mahalliy xalq madaniyat, adabiyot, xunarmandchilik, dexqonchilik bilan shug`ullangan. Unga qa`la devorlarida saqlangan sariqjoyshi nomli freska, bilan arfa, lyutnya chaliyotgan sozandalar releflari misol bo`la oladi.
Shunday qilib bizning eramizga qadar IV-II asrlarda mavzoley- xram astronomic markaz xizmatini bajargan qoyqirilgan qa`la antik davrning eng ajoyib durdona yodgorligi xisoblanadi.
“Qoyqirilgan qa`la” so`zining etimologiyasi sodda bo`lib, u XX asrning birinchi yarmida paydo bo`lgan. Professor S.P.Tolstovning aytishicha yodgorlik ichida o`lib qolgan qoyga bog`liq qo`yilgan atama. Shunday voqya Qoyqirilgan qa`laning sharq tarafida, uzoq emas yerda joylashgan ikki yodgorlikda joy olib, ular ilmga “Qo`ziqirilgan qa`la I” va “Qo`ziqirilgan qa`la II” degan atamalar bilan kirgizildi. Bizningcha Qoyqirilgan qa`ladan topilgan yozma ma`lumotlar asosida qa`lani Aspabaraqning qa`lasi deb nomlasak bo`ladi.


Download 20.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling