Qoraqalpoq davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.58 Mb.
bet1/9
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1481712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarixiy xotirasz kelajak yo\'q




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYA VAZIRLIGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
O‘ZBEKISTON TARIXI” YO’NALISHI
KURS ISHI
Afina demokratiyasi va quldorlik jamiyatining qulashi

Ilmiy rahbar: ____________


Kurs ishini tayyorladi:
1-,,B’’guruhi talabasi
Karimbayev Shoxruh

NUKUS- 2023

MUNDARIJA

KIRISH….…………………………………………………………….........................3


I .bob.Qadimgi Afina Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyati va demokratiyasi quldorlikni shakillanishi……………………………………………….6
1.1.Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi…………………………………………6
1.2.Yunonistonda VIII—VI asrlarda xo'jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar. Tiraniya.....................................................................................................10
1.3.Sparta jamiyati.........................................................................................................15
Ⅱ.bob.Er.avv.VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi.......21
2.1.VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi.......................21
2.2.Xalq yig‘ini — eklessiyada..................................................................................24
2.3.Afinada quldorlik jamiyatini qulashi.......................................................................26
Umumiy xulosa..…….…………………………………………………………...........29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati................................................................................31

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, Qadimgi Afina Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog’li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina ma’budiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9-8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug’chilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug’ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar.


Miloddan avvalgi 7-asrda Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli og’irlashgan edi. Miloddan avvalgi 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) bo’ldi. U Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o’zgartiradigan islohotlar o’tkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urug’chilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Aristokrat naslidan bo’lgan Pisistrat o’z tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda o’zini Attika dehqonlarining dohiysi deb e’lon qildi va Afinaning mustabid hokimi bo’lib oldi. Pisistrat o’ziga qarshi bo’lgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri o’tkazildi. Pisistrat va uning o’g’illari saroyga eng yaxshi adiblarni to’pladilar. Gomerning “Odisseya” va “Iliada” asarlari yozib olindi.
Afinada dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan so’ng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning o’g’illari Gippiy va Gipparxga o’tdi. Lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan o’ldiriddi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qo’zg’oloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qo’lga oldi (508 yil). U to’rtta urug’chilik okrugi o’rniga o’nta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urug’chilik jamoasi tuzumining so’nggi qoldiqlariga barham berildi. Miloddan avvalgi 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangiva (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning juda katta qo’shini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin oroli yonidagi dengiz jangida yunonlar g’alaba kildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos Ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini ta’min etdi. Afinadan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik bu yumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, g’alla va yog’och keltirilar edi.
Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr o’rtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo’yicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq Majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo’li bilan saylanadigan 500 lar kengashi davlatning ma’muriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo’lida edi. “Perikl oltin asri” deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Evripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan.
Me’morchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma’budasi ibodatxonasi — Parfenott bunyod etganlar. Bu qasr qadimgi me’morlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri bo’lib qoldi. O’sha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (Attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga bo’ysundirishga qaratilgan tashki siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes Ittifoqining e’tibori baland edi. Peloponnes Ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi.
O’rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo’lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431-404) keltirib chiqardi. Urushda mag’lubiyatga uchragan Afina o’zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo’qotdi. Lekin bu mag’lubiyatdan so’ng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri bo’lib keldi. Miloddan avvalgi 338 yil Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan so’ng
Yunonistonni o’ziga bo’ysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi o’rtasidagi do’stlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yilgacha davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, ko’pgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning o’tmishdagi shuhratini e’tiborga olib, unga “ozodlik” in’om etdi. Miloddan avvalgi 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina o’z-o’zini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliq to’lamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo’qotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib ma’lumot olar edilar. Rim imperatorlarining ba’zilari, ayniqsa, Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda ko’rkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Milodiy 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afinalagi san’at va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug’iga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Afinada demokratiya va quldorlik jamiyatini o’rganishdan oldin Afinada demokratiyaga o’tish davri va quldorlik shakillanishi haqida qisqacha yoritib o’tilgan va Afina tarixiga ham to’xtalib o’tilgan .
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Qadimgi Afina Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyati va demokratiyasi quldorlikni shakillanishi va tugatilishi xaqida malumotlar berish afina tarixini yoritib berish o’quvchi yoshlarga tushunarli va aniq malumotlar yetgazib berish .
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi: kirish, ikki bob, to’r paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling