Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: hafta davomida qurilish g’ishtchalari, lego, konstruktorlar va AKTdan foydalangan holda ushbu markazda bolalarga “Tez yordam mashinasini yasash”, “O’t o’chiruvchi mashinani yasash”, kabi mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar foydalangan holda ushbu markazda “Shifoxona o’yini”, shifokorlar bizning yordamchilarimiz – “Doyyuurak o’t o’chiruvchi”kabi mavzular asosida faoliyatlar va o’yinlar olib borilib bolalarga shifokorlik kasbi haqida tushunchalar yoritib berildi.
Til va nutq markazida: Bolalarga “Kimga nima kerak” mavzusi va resurslar asosida ertak, hikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Resurslardan foydalangan holda ushbu markazda “Xvfli buyurtmani ajrat”, Oymomo pechenyasini tayyorlash, mavzulari bo’yicha bolalarga ularning xususiyatlari va ular haqida tushunchalar berildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga “Rangli tugmachalar”, “Tez yordam va o’t o’chiruvchi mashina uchun yonar chiroqcha” mavzusida rasm chizish, “Baland narvoncha”, “Applikatsiya tez yordam mashinasi” loydan yasash jamoaviy ish, aplikatsiya ishi rangli qog’oz, rangli bo’yoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu xafta davomida ota-onalarga tavsiyalar o’z vaqtida berib borildi.Musiqa direktori, jismoniy tarbiya yo’riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlarini taqdim etib borlildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun o’z vaqtida rag’batlantirildi.
4-hafta mavzusi: Bizning xayrli (ezgu) ishlarimiz.
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: hafta davomida qurilish g’ishtchalari, lego, konstruktorlar va AKTdan foydalangan holda ushbu markazda bolalarga “Ko’prik qurish” mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar foydalangan holda ushbu markazda “Sholg’om” ertagini saxnalashtirish mavzular asosida faoliyatlar va o’yinlar olib borilib bolalarga shifokorlik kasbi haqida tushunchalar yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |