Fan va tabiat markazida: Resurslardan foydalangan holda ushbu markazda “Qumda odam rasmini tasvirlash”, mavzulari asosida tajribamavzusi bo’yicha bolalarga ularning xususiyatlari va ular haqida tushunchalar berildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga “Akvariumdagi baliqlar”, “Yotmas qo’g’irchoq”, “Quvnoq masxaraboz” apilikatsiya, rasmlari hamda loylari jamoaviy ishlar, aplikatsiya ishi rangli qog’oz, rangli bo’yoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu hafta davomida ota-onalarga tavsiyalar o’z vaqtida berib borildi.Musiqa direktori, jismoniy tarbiya yo’riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlarini taqdim etib borlildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun o’z vaqtida rag’batlantirildi.
4-hafta mavzusi: “Xushmuomalalik alifbosi”
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: hafta davomida qurilish g’ishtchalari, lego, konstruktorlar va AKTdan foydalangan holda ushbu markazda bolalarga guruxdagi archa uchun o’yinchoqlar yasash, “Do’stimning orzusidagi uy” mantiqiy o’yini orqali buyumlarni ta’mirlash, Do’stimga moychechak sovg’a qilaman” kabi mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Syujetlirolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar foydalangan holda ushbu markazda “Super market” syujetli-rolli o’yini kabi mavzular asosida faoliyatlar va o’yinlar olib borilib bolalarga shifokorlik kasbi haqida tushunchalar yoritib berildi.
Til va nutq markazida: Bolalarga “Odobli bola” ta’limiy o’yin mavzusidagi rasm asosida hikoya, Musiqa zalidagi archani kuzatish, AKT orqali slayd namoyishi kabi mavzular va resurslar asosida ertak, hikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Resurslardan foydalangan holda ushbu markazda Suv bug’lanishini tajriba orqali o’rganish, Fonar chiroqlari yordamida tajriba o’tkazish, “Piyoz ekamiz” mavzulari bo’yicha bolalarga ularning xususiyatlari va ular haqida tushunchalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |