Qoriqxonalarning ahamiyati“


II bob. O`zbekistonda tabiat muhofazasi


Download 135.04 Kb.
bet3/16
Sana16.06.2023
Hajmi135.04 Kb.
#1496933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

8
II bob. O`zbekistonda tabiat muhofazasi

O`zbekistonda tabiatni muhofazasi va qonunlariO`zbekistonning tabiati benihoya go`zal va so`lim go`shalarga boy bulib, undagi Shoximardon, Baxmal, Chimyon singari tog`li hududlar ba'zi ma'noda haqli ravishda Shveytsariya tabiatiga qiyoslanadi. Bahor va yoz oylarida Omonkuton, Og`aliq va Sarmishning tabiati qo`nida olingan bir kunlik dam insonga ko`pga yetadigan ma'naviy va jismoniy oziqa bag`ishlaydi. Respublikadagi cho`l va vodiylarning tabiati ham o`zgacha. Ular inson uchun ma'naviy va moddiy boylik manbai bo`lib xizmat qiladi. Dunyoda mashhur qorako`li va antiqa terilari ham O`zbekiston cho`llarida yaratiladi.O`zbekiston shuningdek yer usti va yer osti boyliklarining mo`lligi bilan ham MDH mamlakatlari o`rtasida alohida o`rin tutadi. Uning hududida 658 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 97 tur sut emizuvchi, 424 turdagi qush va 79 turdagi baliqlar, xilma-xil amfibiyalar va reptiliyalar yashaydi. Undagi o`simliklar dunyosi 4,5 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tabiat muhofazasi ishi mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridayoq konstitutsion asosga qo`yildi. 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O`zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida O`zbekiston hududida yashayotgan barcha fuqarolar atrof muhitni muhofaza qilishga majbur ekanliklari belgilandi. Uning 55- moddasida esa barcha turdagi tabiiy boyliklar umummilliy bo`lib, ular davlat muhofazasidan ekanliklari ko`rsatib o`tildi. Respublika hududida jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni hukumat doirasida tartibga solib turish maqsadida xalq deputatlari Oliy Majlisida, viloyat, shahar va tuman Kengashlari huzurida xalq xo`jaligining boshqa sohalari qatori tabiat muhofazasi sohasida ham doimiy komissiyalar tuzilishi Konstitutsiyaning 100-moddasida belgilandi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiligi
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining er, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Download 135.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling