Qo’shimchalar asosidagi yengil betonlarning xossalarini tadqiq etish


Download 248.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.03.2023
Hajmi248.3 Kb.
#1286856
1   2   3
Bog'liq
qo-shimchalar-asosidagi-yengil-betonlarning-xossalarini-tadqiq-etish

1-diagramma 
Issiqlik izolyasiya kompozitsion materiallarni ilmiy-tadqiqot etishda, ishlab 
chiqarish texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, YU.P. 
Gorlov, A,P. Merkin va boshqalar katta hissa qo’shdilar. 
Issiqlik izolyasiya materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, tuzilishi, 
shakli va tashqi ko’rinishi, bog’lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o’rtacha 
zichligi va issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti bo’yicha klassifikatsiyalanadi. 
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiya materiallari 
quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog’ jinslari, shlak, kullar, 
shisha, asbest) asosida olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (yog’och 
chiqindilari, lignin, polimerlar va boshqalar) asosida olinadigan organik materiallar. 
Qo’shimchalar asosida olinadigan yengil betonlarga ishlab chiqarish usuliga 
qarab turli hil qo’shimchalarni qo’shish mumkin, bunday qo’shimchalar orasida eng 
keng tarqalgani organik qo’shimchalar hisoblanadi. Organik qo’shimchalar asosida 
yengil beton ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli yog’och, ayrim qishloq 
xo’jalik ekinlarining poyalari: bug’doy, g’o’za, kanop va boshqalar xizmat qilishi 
mumkin. 
Qishloq xo’jaligi va yog’och chiqindilari asosida olingan o’ta yengil betonlar 
ishlab chiqarishning chet el tajribalarini o’rganish jarayonida guvohi bo’lganimiz 
shuki Rossiya hududida joylashgan Krasnodar o'lkasidagi Kurganinsk kanop 
zavodida 1974 yildan buyon kanop o'zagi asosidagi yengil beton ishlab chiqarish 
yo’lga qo’yilgan. Chexoslavakiyada zig’ir va kanop qayta ishlash chiqindilaridan 
yondirishda yonuvchi qo’shimcha sifatida foydalanish bo’yicha tadqiqotlar olib 
borilyapti. NIIJB va Moskva o’rmonchilik instituti bilan birgalikda guruch po’chog’i 
asosidagi arbolitdan tayyorlangan bir qavatli konstruksiyalar ishlab chiqilgan. 
Xulosa qilib aytganda, an’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli 
ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, 
tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, yangidan-yangi va puxta 
materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
446


ta’mirlash va rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu 
jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan 
o‘rin egallaydi.
Qurilishda yengil betonlarga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. 
Bugungi kunda yengil betonlardan foydalanish tufayli turar-joylar uchun yuqori 
sanitar-gegienik va energiya tejovchi resurslardan foydalanish, energiya resurslarini 
iqtisod qilish va ekologik talablar hamda devor qurish ishlarida materiallarining 
issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha ko’rsatkichlarini oshirib bormoqda. Qurilish 
materiallarini ishlab chiqarish sanoatida ikkilamchi resurslardan foydalanish katta 
miqdorda energiya hamda xom ashyo zaxiralarini tejashga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida qurilish materiallari va buyumlarini tayyorlashda 
qishloq xo’jaligi chiqindilari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, quyidagi 
dolzarb vazifalarni yechishga yordam beradi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyo bazasini, ya’ni 
resurslarni tejaydi, tabiiy xom ashyo zaxirasi yetishmasligini bartaraf etadi, atrof-
muhit tozaligi, ekolgik sistema masalalarini hal qiladi, yerlarni band bo’lishini 
kamaytiradi, energiya manbalarini tejaydi, sarf xarajatlarni keskin kamaytiradi. 
Issiqlik izalyatsiyalovchi yengil beton ishlab chiqarish va qo’llash an’anaviy 
qurilish materiallariga nisbatan qator afzaliklarga ega: binonnig massasini 
kamaytiradi, binoning qurilishidagi og’ir ishlar kamayadi, turar-joy binolarining 
termik qarshliklari yuqori bo’ladi. 

Download 248.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling