Qosimova zarnigorning fizika o’qitish metodiksi fanidan


Download 179.66 Kb.
bet10/16
Sana26.01.2023
Hajmi179.66 Kb.
#1125188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Azimov Shahobiddin

Chiziqli spektrlarni bir–biri bilan o`zaro tasirlashmayotgan uygongan alohida atomlar chiqaradi. Bunga boglangan elektronlarning yanada quyi energetik sathlarga o`tishi sabab bo`ladi.
Yo`l–yo`l spektrlarni uygongan alohida molekulalar chiqaradi. Atomlarda elektronlarning o`tishlaridagi kabi molekulalarda atomlarning tebranma harakatlaridan ham nurlanish yuzaga keladi.
Tutash spektrlarni ko`plab o`zaro tasir qiluvchi molekuljar va atom ionlarining to`plamlari chiqaradi. Bunda zarralarning yuqori temperatura tufayli bo`ladigan haotik (tebranma va aylanma) harakati asosiy rol o`ynaydi.
Demak, cho`glangan qattiq va suyuq jismlar va siqilgan gazlarning nurlanish spektrlari tutash spektrlar bo`lishi yuqorida aytilganlardan kelib chiqadi. Siyraklangan gazlar (atomlari va molekulalari, masalan, qizdirish yoki elektr razryadi bilan qo`zgatilgan gazlar) uchun chiziqli va yo`l–yo`l spektrlar harakterlidir. Shu bilan birga, ko`p atomli molekulalardan tarkib topgan gazlar (kislorod, karbonat angidrid gazi, suv bugi va shunga o`hshashlar) yo`l–yo`l spektr, bir atomli gazlar esa (inert gazlar, metall buglari, dissosiasiyalangan ko`p atomli gazlar) chiziqli spektr beradi.
Har bir (siyraklangan gaz yoki bug holatida bo`lgan) himiyaviy elementning butunlay aniq o`ziga harakterli bo`lgan (spektr chiziqlarining soni, ularning rangi va o`zaro joylashishi bo`yicha) nurlanish spektri bo`ladi. Moddalarning himiyaviy tarkibini aniqlashning spektral metodi (spektral analiz) shunga asoslangan.
Agar tutash spektr beruvchi manbadan chiqqan spektr dastlab siyraklangan gaz (yoki bug) orqali o`tkazilgan bo`lsa, bu spektrda shu gazning nurlanish spektri chiziqlariga (yoki yo`llariga) mos keluvchi qora chiziqlar (yoki yo`llar) paydo buladi. Bunday tur spektr yutilish spektri deb ataladi, uning paydo bo`lishiga Kirhgof qonuniga muvofiq, gazlarning spektrda o`zlari qanday chiziqlarni nurlasa, huddi shu chiziqlarni yutishi sabab bo`ladi. Quyosh atmosferasi (fotosfera) ning yutish spektri ana shunday yutilish spektriga misol bo`ladi: Quyoshning tutash nurlanish spektrida qora yutilish chiziqlari ravshan ko`rinib turadi, bu chiziqlar Fraungofer chiziqlari deyiladi.
Spektrlarni o`rganish atomlar va molekulalarda bo`layotgan prosesslarni aniqlash, moddalar strukturasini bilishda juda katta ahamiyatga egadir.

Download 179.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling