Qosimova zarnigorning fizika o’qitish metodiksi fanidan


Download 179.66 Kb.
bet11/16
Sana26.01.2023
Hajmi179.66 Kb.
#1125188
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Azimov Shahobiddin

Ultrabinafsha nurlarning himiyaviy tasiri bor. Bundan tashqari, bu nur tasirida ko`p moddalar nurlanadi (lyuminessensiyalanadi). Masalan, tarkibida uran tuzlari bo`lgan shisha huddi shunday hususiyatga ega. Uranli shisha spektrning ultrabinafsha qismini payqash uchun yahshi indikatordir. Spektrning ultrabinafsha qismi uning ko`rinuvchan qismidan uzunroqdir.
Infraqizil nurlarning anchagina issiqlik tasiri bor. Shuning uchun spektrning infraqizil qismi bor ekanligini spektrning qizil qismiga qo`yilgan oddiy termometr yordamida oson payqash mumkin. Albatta, termometr unchalik sezgir asbob emas, shuning uchun infraqizil nurlarni payqash uchun bolometr deb ataladigan asboblar ishlatiladi, bolometrning tarkibida temperatura o`zgarishida elektr qarshiliklarini keskin o`zgartiruvchi moddalar bo`ladi. Spektrning infraqizil qismi ko`rinuvchi qismidan anchagina uzunroq.
Hamma spektrlar chiqarish va yutish spektrlariga bo`linadi. Chiqarish spektrlari yoruglik sochayotgan jismlar tomonidan chiqariladi. Yutilish spektrlari esa prizmaga tushayotgan nurlar yo`liga biror modda joylashtirilganda hosil bo`ladi. Bu modda malum nurlarni o`tkazmaydi (ularni yutadi) va ekranda tutash spektrlab polosada chiziqlar yoki polosalar–yutilish spektri hosil bo`ladi.
Spektrlar ko`rinishiga qarab tutash chiziqli va yo`l–yo`l spektrlarga bo`linadi. Tutash spektr uzluksiz kamalak yo`ldan iborat bo`ladi. Cho`glangan qattiq va suyuq uzluksiz jismlar (erigan metallar va boshqalar) shunday spektr beradi. Chiziqli spektr malum spektral chiziqlar qora fondagi yigindisidir. Bunday spektrni atomlar holatdagi qo`zgatilgan buglar va gazlar chiqaradi. Yo`l–yo`l spektr bir chekkasi keskin, chegaralangan ikkinchi chekkasi yoyilgan alohida spektral polosalardan iboratdir. Molekulyar holatda bo`lgan qo`gatilgan buglar va gazlar huddi shunday spektr beradi.(molekulyar spektr).
Aristotel, yorug‘lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug‘lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir minutga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko‘rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug‘lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng boshqa olimlar ham yorug‘lik tezligini turlicha usulda o‘lchadilar. Yorug‘lik tezligi juda katta bo‘lib, vakuumda υ = 300000 km/s ga teng.
Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarra bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug‘lik bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda tezligi o‘zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225000 km/s bo‘lsa, shishada 200000 km/s ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi.

Download 179.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling