Qosimova zarnigorning fizika o’qitish metodiksi fanidan
Interfaol metodlardan foydalanish
Download 179.66 Kb.
|
Azimov Shahobiddin
Interfaol metodlardan foydalanish
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim va ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kaspiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etilishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiyalar: -pedagogik faoliyat (ta’lim tarbiya jarayonining ) samaradorligini oshirish; -o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi; -o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlash; -o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; -o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; -pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini kafolotlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalinilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasini mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritaman. “Videotopishmoq” metodi. So’ngi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televedenie, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audiomagnitafonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’qituvchilar alohida ta’lim jarayonida turli axborot vositalarida o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodida foydalanishda quydagi harakatlar amalga oshiriladi: -o’quvchilar e’tiborga o’rganililayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi. -o’quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar -jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; -o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. “Zakovatli zukko” metodi. Mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda o’quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. ’’Zakovatli zukko” metodi o’quvchilarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o’z hohishlariga ko’ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagida bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to’g’ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o’rtacha arifmetik qiymatini toppish asosida o’quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.Ballarning belgilanishi o’quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Metod o’quvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va ommoviy ishlashda birdek qo’llnilishi mumkin. “Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim” metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommoviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quydagi ko’rinishda tashkil etilishi mumkin: 1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quydagi sxema asosida tashkil etiladi: XULOSA Metodika ta’lim-tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan va ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalariga suyanib rivojlanadi. Bir muallifning ilg‘or pedagogik ish tajribasini hamma pedagoglar aynan qo‘llayolmaydilar, Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi. Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijalarga erishailar.Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg‘unligi ko‘plab “agar”lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa ...) yo‘qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi.Shu bilan bir qatorda metodika pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo’lida harakat shiddat bilan ortib borayotgan bir davrda yosh avlodning tarbiyaviy, ma’naviy- axloqiy , innovatsion, ilmiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, o’quv jarayonlariga yangi-yangi o‘qitish metodlari, texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq qilish asosiy burchimizdir. Ta’lim, bir so’z bilan aytganda, mamlakatning kelajakdagi istiqbolini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalash, savodli qilishdir.Turli ilmiy tadqiqot metodlarini fizika fanini o’qitish jarayonida qo‘llash ta’lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Ko’pgina o’quvchilar sinfdagi logistika etarli emasligi sababli fanga qiziqishni yo’qotadilar. Umumiy ta’lim muassasalari o’quvchilarida fanlarni o’rganish, tajribalar o’tkazish, muammolarni hal qilish va shunchaki qiziqish istagi yo’q. Shuning uchun maktablar bugungi kunda mavjud bo’lgan fizika darslariga alternativa berishga majburdirlar. Har qanday talaba uchun jismoniy jarayon yoki hodisaning bir qismi bo’lish, uning natijasiga bevosita ta’sir qilish va muammoni darslikdan qog’ozga emas, balki haqiqiy jismoniy narsalar bilan haqiqiy tajriba qo’yish juda qiziqroq bo’ladi. Maktab laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasi fizika kursini o’rganishga imkon berishi mumkin. Yuqoridagilarni umumlashtirib xulosa qilishimiz mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimi tub o’zgarishlarga va modernizatsiyaga muhtoj. Umumiy ta’lim muassasalari o’quvchilari fizika fanini o’rganish uchun mutlaqo yangi moddiy ta’minlangan texnik va o’quv xonalarini talab qiladilar. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun yangi jihozlangan laboratoriya zamonaviy ta’lim atrofidagi mavjud vaziyatni hal qilish va ayniqsa fizika kursini o’qitish uchun eng yaxshi imkoniyatdir. Aynan yangi, zamonaviy texnologiyalar fizika fanidan o’quv jarayoniga o’quvchilarning e’tiborini, rag’batini va xohishini jalb qila oladi. Download 179.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling