Qo`ysintoshga


Download 0.81 Mb.
bet15/42
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#236160
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
Abdiyeva quysintosh azadovnaning

1-jadval




Mavzu

O`quv maretiallari

Ajratilgan soat

O`tiladigan vaqti

1

Mening Vatanim – O`zbekiston

Olqor Damin. ”Vatan - onajon”,


20 daqiqa

sentabr

2

Kuz – yi`g`im-terim fasli

”Elyor dehqon” hikoyat

20 daqiqa

sentabr

3

Ertaklar - jon-u dilim

Abdurahmon Akbar ”Manmanlik haqida ertak”

20 daqiqa

sentabr

4

Ertakchi shoirlar bilan uchrashuv

Tursunboy Adashboyev, Rauf tolib, Anvar Obidjon.

20 daqiqa

sentabr

5

Ustozlarga ta`zim

”Beruniyning dam olish kunlari” rivoyat

20 daqiqa

oktabr

6

Ajdodlarimiz jasorati

Hikmatlar xazinasi

20 daqiqa

oktabr

7

Ona tilimiz – o`zbek tili

Rauf Tolib. ”Ona tilim”

20 daqiqa

oktabr

8

Bog`larim – gulbog`larim

Tolib Yo`ldosh. ”Yerning tili”

20 daqiqa

oktabr

9

Odobni o`rganamiz

Xolmurod Safarov. ”Savollarga javoblar”. Abdurahmon Akbar ”Buvijonim”

20 daqiqa

noyabr

10

Tabiatni asraymiz

Nosir Fozilov. ”Quyoncha”, Erkin Malik. ”Chumolining uyasi”

20 daqiqa

noyabr

11

Mehrjon bayrami

Tolib Yo`ldosh. ”Uzumlar oilasi”.

20 daqiqa

noyabr

12

Yer yuzi – tinchlik bog`i

Olqor Dmin. ”Tinchlik qo`shig`i”.

20 daqiqa

noyabr

13

Qomusimizni o`rganamiz

”Qomusimizni o`rganamiz” suhbat.

20 daqiqa

dekabr

14

Qishki havo – tanga davo

Hamza Imonberdiyev. ”Quyoshboboga xat”

20 daqiqa

dekabr

15

Qorbobo mehmonga kelmo`chi

Mahmud Murodov. ”Qorni kim kuragan?”

20 daqiqa

dekabr

16

Hamma hunar sevimli

Abdulhay Nosirov. ”Aytishuv”.

20 daqiqa

dekabr

17

Quvnoq alifbe

Dilshod Rajab. ”Alifboni o`rganamiz”.

20 daqiqa



dekabr



2-jadval
Birinchi bosqich- tayyorlov davri STO` darslarining texnologiyasi

quyidagicha bo`ladi.



Mavzu: Ajdodlarimiz jasorati

Maqsad:

  1. afsonaviy qahramonlar haqida ma`lumot berish

  2. o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`usini tarbiyalash

Mashg`ulot rejasi:

1. Kirish suhbatlashish.

2. “Cho`pon yigit Shiroq” afsonasini eshittirish.

3. Afsona yuzasidan suhbat

4. Uyga vazifa berish


O`quv faoliyati

O`qituvchi

1.Mashg`ulot maqsadini aytadi, o`quvchilarni mashg`ulotga

tayyorlaydi.

2.Kirish suhbatini uyushtiradi.(1-ilova)

3. Kitobni targ`ib qiladilar.

4. Matnni o`qib eshittiradi

5. Lug`at ishi “2-ilova”

6. O`qigan matn yuzasidan kichik suhbatni tashkil qiladi “3-ilova”

7. Rasm asosida matnni qayta hikoya qildiradi. (4-ilova)

8. Uyga vazifa topshiradi

O`quvchilar

Eshitadilar
Suhbatni tinglaydilar.

O`quvchilar kitobni varaqlab ko`radilar

Eshitadilar

Tenglaydilar

Suhbatda ishtirok etadilar.
Matnni hikoya qilib beradilar.

Vazifani bilib oldilar





Metod: suhbat, “Quyosh” metodi

Darsning jihozi: asarga ishlangan rasmlar



  1. ilova

O`qituvchi vatanimizni dushmanlardan asragan qahramonlar kishilarni bilishlarini “Quyosh” metodi orqali aniqlab oladi.



QAHRAMONLAR


3-ilova.

Afsona yuzasidan dastlabki suhbat quyidagi savollar asosida o`tkaziladi.


  • Afsona sizga yoqdimi?

  • Unda kimning qahramonligi hikoya qilingan?

  • Shiroq nima uchun quloq, burnini kesdi?

  • Shuroq kimning oldiga bordi?

  • U shoh Doroga nima dedi?

  • Shiroq Doro qo`shinlarini qayerga olib bordi?

  • Shiroq nima deb qayqirdi.

Matndagi afsona, Doro, qo`shin, hayqirmoq so`zlari o`qituvchi tomonidan izohlanadi.

3-jadval



Mavzu

O`quv maretiallari

Ajratilgan soat

O`tiladigan vaqti

1

ONA YURTIM – OLTIN BESHIGIM

Millat bayrog‘i. Azim Suyun.

Habib Rahmat. O`zbegimdan aylanay

Dilshod Rajab. O`zbek

Alisher Navoiy. Hikoyat

Sirojiddin Inoyatov. Turnalar Sadoqat. O‘tkir Hoshimov

Saodat Toji. Vatan



1 soat

sentabr

2

Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim – oftobim

Sulaymon Risboyev. Bolaning qanoti

Turg‘unboy G‘oipov. Sehrli qalam



1 soat

sentabr

3

Mehnat – baxt keltirar.

Asqad Muxtor. Gavro`sh

Tolib Yo`ldosh. Yerning tili

Akbar Yunusov. Harakatda barakat


1 soat

oktabr

4

Oltin kuz – hosiling yuz.

Qutlibeka Rahimboyeva. Kuz. Nurullo Oston. Yana kuz keldi.

Quddus Muhammadiy. Bizning kuz.



1 soat

oktabr

5

Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi

Hikmatlar xazinasi

Tohir Malik. Oqil aka va nodon uka.

Abdurahmon Akbar. Buvijonim.


1 soat

noyabr

6

Tursunboy Adashboyev ikodini o`rganamiz

1939-yil”Orzularim – qo`sh qanotim”, ”Osmondagi darvoza” (“Sharq. 2012”)

1 soat

noyabr

7

Kumush qish – misoli oqqush.


Yayra Sa’dullayeva. Qish bo`lmasa-chi?

Shukur Sa’dulla. Qish

Nurullo Oston. Qor havosi


1 soat

dekabr

8

Xudoyberdi To`xtaboyev mehmonda

1933-yil, 17-dekabr. ”Omonboy bilan Davronboyning sarguzashtlari”, “Shirin qovunlar mamlakatida”.

1 soat

dekabr

9

Qushlar, hayvonlar – bizning do‘stimiz.

Abdurahmon Akbar. Bulbul haqida ertak Dilfuza Shomalikova. Sirli g`or

1 soat

yanvar

10

Qushlar, hayvonlar – bizning do‘stimiz.

Rustam Nazar. Qizil kitob va qaysar echki


1 soat

yanvar

11

Ertaklar – yaxshilikka yetaklar.

Non – hamroh

Serkaboboning hiylasi

Xo`rozbek va Oftoboyim


1 soat

fevral

12

Ertaklar – yaxshilikka yetaklar.

Tabiatning ne’mati ko`p

Cho`loq laylak

Bosh va til


1 soat

fevral

13

Zumrad bahor – bahri diling ochar.

Otayor. Bahor keldi.

Shukur Sa’dulla. Bahor



1 soat

mart

14

Zumrad bahor – bahri diling ochar.

Habib Rahmat. Yomg`ir yog`ar

Jabbor Razzoqov. Danak



1 soat

mart

15

Tabiatni asrang, avaylang

Qudrat Hikmat. Shamol botir

Quyon. Nosir Fozilov.



1 soat

mart

16

Tabiatni asrang, avaylang

Dilshod Rajab. Bug`doyning taqdiri.

Muhammad Ali. Zubturum



1 soat

aprel

17

Nosir Fozilovijodini o`rganamiz

1929-yil, 1-iyun. ’Shum bolaning nabiralari’, ”Tug`ilgan kunim”.




aprel

18

Sobit G`ofurov ijodini o`rganamiz

1933-yil, 10-may. ”A`zam tut”, ”Jiyron”, “Teshik kulcha”.




aprel

19

Yoz – o‘tadi soz

Qutlibeka Rahimboyeva. Yoz Ravshan Fayz. Yoz

1 soat

may

Ilk mutolaa bosqichida STO` darslari uchun 45 daqiqa ajratiladi. Asarni o`qishdan oldin o`quvchilar asar nomi va uning mualliflari bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar. Daftarlariga asar nomi va muallifini yozadilar. Bu davrga kelib asarni sinfdagi yaxshi o`qiydigan o`quvchilarga ma`lum tayyorgarlikdan so`ng o`qitish mumkin. Darsda turli o`yinlardan foydalanish o`quvchilarning qiziqishlarini oshiradi.

Demak, 1-4-sinf o`quvchilarini mustaqil o`qishga tayyorlashda o`quv materialining xilma xil bo`lishiga, asosiysi, ular o`quvchilarda kitob o`qishga rag`bat uyg`onishiga e`tibor qaratiladi. Quyida mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan dars mazmuni va tashkil etish bosqichlari tuzilishi namunasini keltiramiz:


Mavzu. Porla, millat bayrog‘i!

Darsning maqsad va vazifalari belgilab olindi:



Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish, she’riy matn ustida ishlay olish ko‘nikmalarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy maqsad: Vatan haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatanga, uning ramzlariga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, o‘z Vatanini qadrlashga o‘rgatish. «Ona yurting – oltin beshiging» maqolining ma’nosini tushunishlariga erishish.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling