Qozog`istonning xalq xo'jaligi


Qozog'iston-Rossiya tarkibida


Download 41 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1642284
1   2
Bog'liq
QOZOG`ISTONNING XALQ XO\'JALIGI

Qozog'iston-Rossiya tarkibida. Qozog'istonni ruslar tomonidan butunlay bosib olgach,eng avvalo ruslar Qozog'iston boyligidan Rossiya sanoati xom ashyo bilan ta'minlash maqsadida foydalana boshladilar. Shu nuqta nazaridan bu yerda dehqonchilikni rivojlantira boshladi,ayrim qayta ishlovchi sanoat korxonalari qurila boshladi. Temir yo'llar qurila boshlandi. Qozog'istonda dehqonchilikni rivojlantirishni aholi zich joylashgan Ukraina va Rossiya Markaziy rayonlaridan aholini ko'plab ko'chirib kelish amalga oshiriladi. Ko'chib kelgan aholi Qozog'istonning shimoliy, sharqiy va janubiy-sharqiy rayonlarida joylasha boshladilar. Ko'chib kelgan aholi asosan dehqonchilik bilan shug'ullana boshladilar va ilgari qozoqlar tomonidan yaylov sifatida foydalanib kelingan yaylovzorlarni hayday boshladilar. Natijada 1913 yilga Qozog'istonda haydaladigan yerlar 4 mln gektarga yetdi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish ko'paytirish bilan Qozog'istonda savdo-sotiq ishlari jonlandi. Bu yerda yangidan yangi savdo yarmarkalari tarkib topdi. Bularga Qozog'istonning g'arbiy qismida tarkib topgan. Uil, Chergiz shimoldagi-Atbosar, Akmala, janubdagi-Char, Tyan-Shan tog' etaklaridan Qarqara yarmarkalarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.1900 yilga kelib Qozog'istonda 106 ta katta savdo yarmarkalari ishlab turgan.
XIX asrning oxirlarida Qozog'istonda sanoat ham rivojlana boshladi.Lekin Qozog'istonda ishlab chiqarilayotgan yalpi maxsulotda sanoatning tutgan o'rni 15% dan oshmas edi.Sanoat maxsulotlari oraisda asosiy o'rinni yengil va oziq-ovqat sanoat maxsulotlari tashkil qilar edi.1913 yilga kelib ular umumiy sanoat maxsulotining 75% ini tashkil qilar edi.Yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalariga tegirmonlar,qushxonalar,moy eritadigan,sham tayyorlaydigan,sovun pishiradigan,terini oshlaydigan,qayta ishlaydigan ,jun yuvish korxonalari misol bo'la oladi.Qozog'istonda turli xildagi qazilma boyliklarini ko'pligiga qaramasdan bu yerda og'ir sanoat endigina tarkib topa boshladi. Jumladan, Qarag'anda va Ekibastuzdan ko'mir, Markaziy Osiyodan mis, qo'rg'oshin,rux, Emba havzasidan neft, Pavlodar va Orol ko'li atrofidan tuz qazib olina boshladi.1913 yilga kelib Qozog'istonda sanoat maxsulotining 20% i og'ir sanoat maxsulotlariga to'g'ri kelar edi.
Qozog'iston hudududa sanoat korxonalari juda notekis joylashgan edi.Rossiyadan farq qilib, Qozog'iston barcha korxonalari uning chekka qismlarida Uralsk, Petropavlovsk, Semipalatinsk,Verniy (Olma-ota), Avliyo- ota (Janbil)Shimkent kabi shaharlarda joylashgan edi.Markaziy va G'arbiy Qozog'istonning juda katta maydonlarida uncha katta bo'lmagan ruda qazib oladigan shaxtalar joylashgan ular bir-biridan juda uzoqda edi.Qozog'istonning ayrim joylarida sanoat korxonalari umuman yo'q edi.
Qozog'istonda temir yo'llarining o'tkazilishi Rossiyaga nisbatan 40-50 yil keyin boshlandi va o'tkazilgan temir yo'lar ham tranzit yo'llari bo'lib,bu yo'llar Rossiyaning Sibir yoki Uzoq Sharq bilan yoki Rossiyani Orta Osiyo bilan bog'lovchi yo'llardan iborat edi.1917 yilga kelib Qozog'istondagi temir yo'llarning uzunligi 2700 kmni tashkil qildi.Qozog'iston hududidan temit yo'llarning o'tkazilishi Rossiya bilan Qozog'iston o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga olib keldi.Lekin Qozog'istonning ko'pchilik hududlarida temir yo'llarning yo'qligi,uning qazilma boyliklarini o'zlashtirishga xalaqit berar edi.
Revolyutsiyadan keyin Qozog'iston sanoat tarmoqlari tez sur'at bilan rivojlana boshladi.Chunki revolyutsiyadan keyin respublika mineral xom ashyo resurslaridan sanoat asosida o'zlashtirish boshlandi. Respublika hududida ko'plab yangidan-yangi qazilma boylik zahiralari topildi.
Yirik metallurgiya va kimyo kambinatlari qurila boshladi,sug'oriladigan yerlarni kengaytirish uchun yirik sug'orish tarmoqlari qurildi,katta-katta quruq va bo'z yerlar o'zlashtirildi. Yirik elektr stansiyalari,temir yo'l, avtomobil yo'llari qurib ishga tushirildi. Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida sanoat korxonalari qurila boshlandi. Urush yillari Qozog'istonga g'arbdan ko'plab fabrika va zavodlar ko'chirib kelindi.
Qishloq xo'jaligida dehqonchilik ekinlarining joylashishida katta o'zgarishlar yuz berdi.Qo'riq va bo'z yerlarning o'zlashtirilishi bilan dehqonchilik zonasi ancha shimolga siljidi. Sug'orish tarmoqlarining rivojlanishi evaziga Qozog'istonning ilgari dehqonchilik qilib bo'lmaydigan rayonlarida ham sug'orma dehqonchilik rivojlana boshladi.natijada Qozog'iston hududi bo'ylab sanoat korxonalari deyarli bir tekis joylashtirila boshladi. Respublika hududi bo'ylab qishloq xo'jaligi, sanoat korxonalarining rivoj topishi, ular o'rtasida iqtisodiy aloqalarning ko'payishiga olib keldi.Bu esa transport tarmoqlarining rivoj topishiga olib keldi. Sanoat tarmoqlari xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Qozog'istonning xalq xo'jaligi eng avvalo sanoatini ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi,transport va barcha nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari (komunal xizmat, savdo, sog'liqni saqlash, xalq ta'limi)ni o'z ichiga oladi.
Qozog'iston respublikasi xalq xo'jaligini rivojlantirish sohasida qo'lga katta yutuqlarni kiritgan bo'lishiga qaramay, jahon xo'jaligini o'zining haqqoniy o'rnini egallash uchun yaqin 10-15 yil ichida ishlab chiqarishni xususiylashtirish, ichki bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish, jahon talabiga mos keladigan yangi maxsulotlar ishlab chiqarish borasida katta ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi. Bu ishlarni amalga oshirishda eng avvalo ichki imkoniyatlarni ishga solish hamda ishlab chiqarishga chet el investitsiyalarini jalb qilish muhimdir.Ayniqsa, chet el investitsiyalarini Olma-ota, Pavlodar, Semipalatinsk, Qarag'anda, Ust-Kaminagorsk, Ostona, Atirau shaharlarida joylashgan sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilishga, Boykonur kosmadromini qayta rekonstruksiya qilishga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

A D A B I Y O T L A R R O` Y X A T I



  1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.

  2. I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.

  3. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.

  4. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.

  5. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.

  6. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma’ruzalar matni). Samarqand – 2001.

  7. G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003.

  8. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000.

  9. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999.

  10. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003.

  11. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998.

  12. I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.

  13. Kalonov B.H. O`RTA OSIYO IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI» FANIDAN MA’RUZALAR MATN

  14. www. Ziyonet.uz

  15. www.NUR.uz

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling