N1
1.Kvadrat tenglama deb qanday tenglamaga aytiladi?
2.Tenglamani yeching: x2=81
N2
1.Chala kvadrat tenglamaga misollar keltiring.
2.To’la kvadratni ajratish usuli bilan yeching: x2+4x-12=0
N3
1. Kvadrat tenglama x2=d qachon ildizga ega bo’lmaydi?
2.Quyidagilardan qaysilari kvadrat tenglama bo’ladi?
1)-3x+7=0 2)x2-x3-9=0 3)4-x2+x=0
N4
1)Kvadrat tenglamalarga misollar keltiring.
2)Tenglamani yeching.
X2+8x-7=0
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
1)Salomlashish, sinf xonasining darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
2)Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligini ko’rib chiqish; darslik,
ruchka hammada bo’lishi kerak.
Shu vaqtda o’quvchilarni dars o’tishga tayyorlab, dars o’tish uchun psihologik muhit yaratib olish kerak. Darsni musobaqa tarzida o’tkazish uchun sinfni beshtadan uchta guruhga ajratamiz.
II. Siyosiy daqiqa
Siyosiy daqiqada o’quvchilarning siyosiy bilimlarini oshirish va bugungi kundagi dunyo xabarlari bilan tanishtiriladi.
1-savol: 8-dekabr qanday kun?
Javob: 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
2-savol: Konstitutsiya necha bo’lim, necha bob, nechta moddadan iborat?
Javob: Konstitutsiya 26 bob, 6 bo’lim va 128 ta moddadan iborat.
3-savol: 26-dekabr O’zbekiston Respublikasi uchun qanday kun?
Javob: 26-dekabr 2004 yilda Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovlar o’tkaziladigan kun.
Yuqoridagi savollarga har bir guruhdan bittadan o’quvchi javob beradi va to’g’ri javoblar uchun bir ball beriladi. Ballar doskada hisoblab boriladi.
III. Uy vazifasini tekshirish.
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi uyga berilgan vazifalarni doskada bajaradi va birgalikda tekshiriladi, noto’g’ri vazifa bajargan o’quvchilar doskadan ko’rsatma oladilar.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |