Quddus muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi
Download 0.87 Mb.
|
1 2
Bog'liqQUDDUS MUHAMMADIYNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olijon she’r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q.Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o`qiydi.
Asarda maktab o`quvchisining ma’naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta’kidlaydi:
San’atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da’vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a’lo o`qish, axloq-odobli bo`lishda boshqalarga o`rnak ko`rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo`lishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi. Shoir o`quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar o`rinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi.
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo`li tilga kirdi” kabi ko`plab she’rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” she’ri shu jihatdan xarakterlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay «dum» bilan yuruvchi o`quvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan ko`pgina asarlarni bilamiz. Q.Muhammadiy «dum»chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so`z va obraz topgan.Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling