Qudratov jasurning nutq madaniyadi fanidan mustaqil ishi


Download 0.57 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1005038
  1   2   3
Bog'liq
jasur nutq madaniyati fanidan mustaqil ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING
ANIQ FANLAR FAKULTETINING
IO’M YO’NALISHINING 4-BOSQICH 401-GURUH TALABASI
QUDRATOV JASURNING
NUTQ MADANIYADI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI



Mavzu:Xalq og’zaki ijodida nutq odobi,madaniy nutq ko’nikmalarini tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining o’rni
REJA:

  1. Xalq og’zaki ijodida nutq odobi.

  2. Xalq og’zaki ijodida madaniy nutq ko’nikmalari

3.Madaniy nutq ko’nikmalarini tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining o’rni

Xalq og’zaki ijodida nutq odobi.
Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.
Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling