Quduqlarni burg’ilash chog’ida bajariladigan geologik tadqiqotlar


Quduqlarni burg’ilash joyini aniqlash, ularni qurish va burg’ilash uchun tavsiya etish


Download 37.94 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi37.94 Kb.
#1752008
1   2   3   4
Bog'liq
islom7

1. Quduqlarni burg’ilash joyini aniqlash, ularni qurish va burg’ilash uchun tavsiya etish

Qaziladigan quduqlar o’rni geologik va texnik vazifalar mazmuniga va hal qilinadigan masalalarning turiga qarab belgilanadi. Konda qaziladigan foydalanish, haydash, chiqarish va boshqa turdagi quduqlarning joylashtirish tartibi o’quv qo’llanmasining maxsus boblarida keltirilgan.


Quduqning qaziladigan o’rni belgilangandan so’ng geologiya xizmatidagi xodimlar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:
1) topografiya xizmati xodimlariga quduqni xaritada belgilangan o’rnini quduq qaziladigan yerga ko’chirishga ko’rsatma berish;
2) quduq burg’ilanadigan joy (nuqta)ni quduq qurishga tayyorlash;
3) quduqni burg’ilash uchun geologik-texnik naryad tuzishda qatnashish.
Konda yoki maydonda razvedka yoki foydalanish quduqlarini qazish avvaldan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Quduqlarni maydonda joylashtirish loyihasi geologik yoki struktura xaritasida ko’rsatiladi.
Quduqning burg’ilanadigan o’rni (nuqtasi)ni joyga o’tkazish ishlari topografiya-geodeziya xizmati xodimlari tomonidan bajarilib, quduq og’zining o’rni va uning mutlaq balandligi topiladi. Loyihalangan quduqni xaritadan joyga o’tkazish burg’ilash ishlarini bajaruvchi tashkilot bosh geologining yozma ko’rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Yozma ko’rsatmaga loyihalangan quduq tushirilgan topografik xaritadan nusxa ko’chirib ilova qilinadi. Bu nusxada loyihalangan quduq qizil rangda beriladi.
Loyihalangan quduqning joydagi o’rni (nuqtasi) belgi (temir quvur, qoziq) bilan qayd qilinadi, uning yuqori qismiga loyihalangan quduq raqami va uning o’rnatilgan muddati yoziladi. Loyihalangan qiya yo’naltirilgan quduq o’rni joyda uch stvorli belgi (temir quvur, qoziq) bilan qayd qilinadi. Suv havzasida (akvatoriyada) loyihalangan quduq o’rni suvga o’rnatilgan qalquvchi belgi (bo’y) bilan belgilanadi.
Loyihalashtirilgan quduqning joydagi o’rni dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Agar quduq o’rnini 5,0 m dan ko’proq masofaga ko’chirishga qaror qilinsa dalolatnomada buning sababi ko’rsatiladi. Bunday hollarda yangi nuqta belgilanadi, eskisi esa tugatiladi.
Burg’ilash boshlanishida quduq og’zining va rotor stolining, burg’ilash nihoyasida esa shtangalar kolonnasi uchining koordinatalari va mutlaq balandliklari yana bir bor qayta aniqlanadi. Burg’ilash minorasini o’rnatish uchun quduq o’rni (nuqtasi)ni ish boshlanishidan ancha avvalroq tayyorlash va topshirish lozim. Nuqtani topshirish korxonaning geologiya xizmati xodimlari tomonidan tuzilgan maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.



Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling