Quduqlarni burg’ilash chog’ida bajariladigan geologik tadqiqotlar


Burg’ quduqlari kesimini geologik va geokimyoviy metodlar bilan o’rganish


Download 37.94 Kb.
bet4/4
Sana06.11.2023
Hajmi37.94 Kb.
#1752008
1   2   3   4
Bog'liq
islom7

.3. Burg’ quduqlari kesimini geologik va geokimyoviy metodlar bilan o’rganish

Quduq kesimini o’rganish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:


1)quduqda ochilgan tog’ jinslarining stratigrafik ketma-ketlikda joylashishini o’rganish va uni tabaqalarga ajratish;
2) ochilgan jinslarning litologik tarkibini, hamda ayrim svita, gorizont, pachka va qatlamlarning qalinligini aniqlash;
3) quduq kesimida neft yoki gazga to’yingan qatlamlarning bor-yo’qligini belgilash, ularning qalinligi va joylashish chuqurligini aniqlash;
4) mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlash;
5) jins-kollektorlarning neft, gaz va suvga to’yinganlik darajasini o’rganish;
6) quduqni burg’ilash va sinash chog’ida neft, gaz va suvlardan olingan namunalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash;
7) ochilgan mahsuldor gorizontlarning konchilikka oid (debiti, bosimi va b.) parametrlarini o’rganish.
Bizga ma’lumki, burg’ilash jarayonida ochilgan qatlamlarning belgilangan intervallaridan kern olinadi, shu sababli ularning ayrim qismlaridagi jinslargina batafsil o’rganiladi, kesimni to’la va mufassal o’rganish uchun esa turli metodlar majmuasidan foydalaniladi. Ularga: kern olish, burg’ilangan jins zarralari (shlam)dan namuna olish, quduq devoridan namuna olish va ularni o’rganish hamda mahsuldor yoki mahsuldorligi taxmin qilinayotgan qatlamlarni sinash va b. kiradi. Qayd qilingan bunday metodlardan tashqari quduq kesimini o’rganishning kon-geofizikasi metodlari ham mavjud bo’lib, ular ochilgan tog’ jinslarining turli fizik xossalarini aniqlashga asoslangan.
quduq tubini halqasimon shaklda o’yib ichkarilab boradi, natijada halqa ichida silindr shaklida butun jins kesimi - kern qoladi. Geologik-texnik naryadda ko’rsatilgan intervaldan kernni olib, yer yuzasiga chiqarishdan avval burg’ilash svechalarining uzunligi o’lchanib, kern olinadigan chuqurlik yana bir marotaba tekshirib ko’riladi. Burg’ilash uskunalarining aniqlangan uzunligi geologik jurnalga yozib qo’yiladi. So’ng quduqqa kolonkali doloto tushirilib, u bilan kern burg’ilanadi, kern diametri kolonkali dolotaning ichki diametriga teng keladi. Kern - jins namunalarini to’la chiqarish va uning butunligini saqlash uchun burg’ilash rejimiga rioya qilish zarur.
Ichida kern bor namunaolgich yoki doloto quduqdan juda sekin ko’tariladi. Doloto yoki namunaolgich mustahkamlash quvurlari boshmog’iga yaqinlashganda ko’tarish tezligi yanada pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab kernuzatgich burab olinadi, keyin namunaolgichning yuqori qismi asta ko’tariladi, shunda kern bemalol ajraladi.
Agar kern namunaolgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo’lsa, u vaqtda namunaolgichning drenaj klapanli yuqori qismi burab olinadi va kern gidravlik yoki vintli press yordamida itarib chiqariladi. Namunaolgich va kernni biror jism bilan urib chiqarish mumkin emas. Kern chiqarishda geologiya xizmati vakili qatnashishi lozim. Olingan kern gil eritmasidan tozalanadi va maxsus yashikka solinadi. Yashikka taxlash chapdan o’ngga qarab, quduq chuqurligi bo’yicha, tartib bilan amalga oshiriladi. Kern sinib bo’linib ketgan bo’lsa, bo’linish tekisligi bo’yicha ulanadi. Kernning sinib ketgan mayda bo’lakchalari qopga solinadi yoki qalin qog’ozga o’raladi, so’ng kern kabi chuqurlik bo’yicha joylanadi. Yashikka taxlangan kern ikki nusxada yozilgan yorliq (etiketka) bilan hujjatlashtiriladi, ularning har biri qalin qog’ozga o’ralib, birinchi nusxasi taxlangan kernning bosh qismiga, ikkinchi nusxasi kern tugagan joyga qo’yiladi. Yorliq quyidagi shaklda tuziladi:
– Geologik-qidiruv partiyasining, burg’ilash korxonasining no-mi. . . . .
– Quduq burg’ilanayotgan maydon nomi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduqning qazilgan oralig’i . . . m dan ___ m gacha. . . . . . . . . . . .
– Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .%
– Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
 Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . .
Yorliq oddiy qora qalamda to’ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern olishning iloji bo’lmasa yashikka yorliq qo’yilib, kern olinmaganligining sababi yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so’ng qopqog’i yopiladi. Uning har ikkala yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi, strelka bilan kernning taxlash yo’nalishi ko’rsatiladi. So’ngra yashik kern o’rganiladigan geologiya bo’limiga yuboriladi.
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalar bo’lgan jinslarni burg’ilashda, odatda bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday snaryadlar ishlatilishining samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog’liq. Odatda qattiq foydali qazilmalarni burg’ilashda O’zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra (drob)li va olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni burg’ilashda esa tishli va qirrali koronkalar ishlatiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan dolotolar konstruktsiyasi va burg’ilash texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg’ilanayotgan jinslarning litologik tarkibiga va burg’ilash texnologiyasiga bog’liq holda kolonkali dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin. Amaliyotda esa kern faqat 30-40%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat jinslarda 60-80%ga etadi.
Burg’ilash oddiy dolotolarda olib borilganda kern juda kam chiqadi, bunday hollarda quduq devoridan yonlama namunaolgich yordamida jins namunalari olinadi.
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna olish mumkin. Lekin, olingan namunaning o’lchami juda kichik (uzunligi 70 mm, diametri - 30 mm) bo’lganligidan kolonkali doloto bilan olinadigan kern o’rnini bosa olmaydi va o’rganilayotgan qatlam jinslari to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi. Jinslarning neft-gazga to’yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida aniqlansa, kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o’rganish zarur bo’ladi. Buning uchun burg’ilash tugagandan so’ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan grunt namunalari burg’ilash jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa ko’rinishdagi tadqiqotlar o’tkazilganda ham olinadi.
Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling