Qum ishlab chiqarish texnologiyasi


Nazorat elaklar o‘lchami, mm


Download 1.01 Mb.
bet3/11
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1472804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-amaliy ish (2)

Nazorat elaklar o‘lchami, mm

2,5

1,25

0,63

0,315

0,16

Nazorat elakdagi to‘la qoldiq A, %

0-20

5-45

20-70

35-90

90-100

Shu sababli 0,16 mm ko‘zli elakdan 10% dan ko‘p bo‘lmagan qum namunasi o‘tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko‘zli standart elaklarda amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5% ( massa bo‘yicha) gacha ruxsat etiladi, 5mm dan yirigi esa:

  • tabiiy qumda – 10% gacha;

  • maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;-boyitilgan qumlarda - 5% gacha.

Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi (rasm-2.2).

Rasm-2.2. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq:
a – ayrim qoldiq; b – to‘la qoldiq
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” talablarining rasm- 4.2.da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan chiqmasa(standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli hisoblanadi.
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm-2.3) uning zich katta uyilma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt joylashuvini ta’minlaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling