Qum ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 1.01 Mb.
|
1-amaliy ish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi
A, massa bo‘yicha
Rasm-2.3. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar: qum yirikligining ruhsat etilgan pastki chegarasi (Mk=1,5); V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2); V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2,5); qum yirikligining ruhsat etilgan yuqori chegarasi (Mk=3,25); Tabiiy quruq kvars qumining uyilma zichligi tahminan 1500-1600 kg/m3 ni va bo‘shliqligi -30-40% ni tashkil etadi. Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi Shag‘al Shag‘al deb, yirikligi 5mm dan (ba’zida 3 mm) 70mm (ba’zida undan ham yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi. Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi bilan yomon bog‘lanadi. SHu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. SHag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi. Beton tayyorlashda alohida miqdorlangan holda shag‘alning quyidagi fraksiyalari ishlatiladi: 5-10; 10-20; 20-40 va 40-70 mm. Bundan tashqari shag‘al fraksiyasi 3-10 mm, gidrotexnik betonlar uchun esa 40 - 80 va 80 - 120mm qo‘llash standart bo‘yicha ruxsat etiladi. A, % massa bo‘yicha 0,5% Dkichik 0,5(Dkichik+Dkatta) Dkatta 1,25Dkatta SHag‘al(chaqiq tosh)ning donadorlik tarkibining grafigi: tekis chiziqlar bitta fraksiyali to‘ldiruvchilar uchun; uzuq-yuluq chiziq – 5(3)-20 mm fraksiyali aralashma uchun. Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi rasm-4.1 da ko‘rsatilgan chegarada bo‘lishi kerak. Ba’zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan, shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan oshmasligi kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton tarkibida eng katta ruxsat etilgan shag‘al donalari miqdori umumiy fraksiya massasi bo‘yicha 5% dan oshmasligi kerak. Standartga ko‘ra maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini siqilishdagi mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (jadval-3.1) taxminiy quyidagi markalari nazarda tutiladi. SHag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi 3.1-jadval
SHag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak: Dr8 - siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi; Dr12 - siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda; Dr16 - siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi. SHag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va donalar mustahkamligini bolg‘a bilan engil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina (otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar sirtida chiziq qoldiradi, mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi. SHag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy massadagi ulushi aniqlanadi (%): Xbo‘sh = (mbo‘sh/m )*100% bu erda: mbo‘sh- bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg m- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. SHag‘alda bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10% gacha va Dr24 markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi. O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: Dr8-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun; Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan kichik betonlar uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar miqdori 1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda mavjud ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam taaluqlidir. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling