Qurbonmurodov jahongirning
INSON XO'JALIK FAOLIYATINING TABIATGA TA'SIRI
Download 0.92 Mb.
|
jahon tabiayt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvombor va to`g`on.
1.INSON XO'JALIK FAOLIYATINING TABIATGA TA'SIRI
Inson tabiatdan foydalanish jarayonida unga xilma-xil ta'sir ko'rsatadi va buning oqibatida tabiiy muhitda muayyan o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu o'zgarishlar orasida insonning hayotiy yoki ishlab chiqarish faoliyati uchun salbiy darajaga ega bo'ladigan o'zgarishlarning bo'lishi ham ehtimoldan holi emas. Shu sababli tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish tabiatga tas'ir ko'rsatish jarayonida turli landshaftlarda va ularni tashkil etuvchi komponyentlarda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishini majmuali tadqiq qilishni taqoza etadi. 1 P.N. G'ulomov inson xo'jalik faoliyatining tabiatga ta'sirini o'rganishda quyidagi to'rtta narsaga alohida ahamiyat byerish zarurligini ko'rsatadi: 1)Insonning xo'jalik faoliyati landshaft (geosistema)ning qanday komponentiga, komponentlar guruhiga taʻsir ko'rsatadi, uning ko'lami qanday, qanday natijalar ko'zda tutiladi. Masalan, biror daryoning maʻlum qismiga to'g'on qurilib, suv ombori, gidroenergetika inshooti bunyod etish mo'ljallanadi. Bunda oqar suv rejimiga taʻsir ko'rsatiladi, hududning maʻlum qismini suv bosadi va boshqa hodisalar sodir bo'ladi. Quyida insonlar yaratgan gidrotexnik inshoat ya`ni suvomborlar va tog`onlar tasvirlangan. 1-Rasm Suvombor va to`g`on. Yuqorida keltirilgan suratda insonning tabiatga bevosita ta`siri tasvirlangan, yani insonlar suvni oldin to`sib unga ta`sir ko`rsatishmoqda. Respublikamizda ham bunday Suvomborlar mavjud jumladan sardoba suvombori bunga misoldir. «Sardoba» suv ombori Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hududida joylashgan bo'lib, O'zbekistondagi yirik suv inshootlardan biri hisoblanadi. Ushbu megainvestision loyiha 2010-2017 yillar davomida amalga oshirilgan. Unga suv Janubiy Mirzacho'l kanalidan kelib quyiladi. Gidrotexnika inshooti 922 million kubometr suvni o'z ichiga oladi, shuningdek Sirdaryo va Jizzax viloyatlari erlarini sug'orish uchun mo'ljallangan. 2020-yil 1-may kuni soat 05:55 da «Sardoba» suv ombori dambasi devorining 6 piketida suv sizib chiqishi natijasida hududda suv toshqinlari sodir bo'ldi. 2-Rasm Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling