Qurbonmurodov jahongirning
Download 0.92 Mb.
|
jahon tabiayt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatning tabiatga ta’sirini ortib borishi.
- Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarning umumiy ko’rinishi.
- 2.INSON XO`JALIK FAOLIYATINING TABIATGA TASIRINING GEOGRAFIK OQIBATLARI Kimyoviy elementlarning texnogen migratsiyasi
Jamiyatning tabiatga ta’sirini ortib borishi. Jadvalda ta’sir darajasi: 1 – kuchsiz; 2 – kuchliroq; 3 – kuchli; 4 – juda kuchli, lekin tejamkor; 5 – o‘ta kuchli va qayta tiklash, muhofaza qilish. Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarni umumiy tarzda quyidagicha ko’rsatish mumkin. 2-Jadval(sxema) Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarning umumiy ko’rinishi. Yuqoridagi jadval sxemada inson va tabiiy muhut o`rtasidagi aloqadorlik ya`ni inson tabiatga qanday b`og`ligi, va undan qanday foydalanishligi keltirilgan. Ma`lumki XX asrning 2-yarmida insoniyatning FTI davrini boshlagani insoniyat va tabiat o`rtasidagi qnuniyatlarning buzilishiga va hozirgi ekologik oqibatlarga olib keldi. 2.INSON XO`JALIK FAOLIYATINING TABIATGA TASIRINING GEOGRAFIK OQIBATLARI Kimyoviy elementlarning texnogen migratsiyasi. Landshaftlarnnig texnogen o‘zgartirilishida geokimyoviy jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Insoniyat Yer po‘stidan ko‘pgina elementlarni (eng ko‘pi uglerod, undan keyingi o‘rinlarda – Ca, Ge, CI, Na, N, P va b.) ajratib oladi, ulardan yangi moddalarni tayyorlaydi, Yer yuzasida sochadi. Bundan tashqari, turli xil elementlar (C, N, P, K, Ca va b.) hosil bilan tuproqdan ajratib olinadi. Ishlab chiqarish jarayonlarida texnogen aylanma harakatga boshqa elementlar ham qo‘shiladi. Inson gravitatsion ko‘chirishning turli yo‘llarining imkoniyatini yaratgan holda landshaftdan elementlarni olib ketilishiga bilvosita sharoit yaratadi. Texnogen aylanma harakatdagi atomlarning (yun. atomos bo‘linmas) harakati bilan turli oqibatlar bog‘liq. Ularning ko‘pchiligi, ayniqsa atmosferaga tashlanadiganlari, global aylanma harakatning turli bo‘g‘inlari orqali o‘tadi. Havo muhitining harakatchanligi tufayli texnogen tashlandiqlar katta maydonlarda tarqaladi; ularning katta qismi tuproqqa, yuza va yer osti suvlariga, ozuqa zanjiriga tushadi. Ayrim organizmlar muayyan (ko‘pgina hollarda zaharli (toksik) elementlarni, shu jumladan radioaktiv izotoplarni (yun. isos teng, bir xil, o‘xshash va topos joy) ham tanlab singdirishga layoqatli. CO2, CO kabi gazlar bevosita suvlarida qisman singadi. Havodagi elementlarning qolgan qismi daryo oqimi orqali okeanga tushadi. bu aylanma harakat jarayonida turli elementlar va moddalar qo‘shimcha biokimyoviy ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida (jumladan inson uchun ham) zaharli moddalar va elementlar (oltingugurt birikmasi, ftor, uglerod oksidi, uglevodorodlar, azot qo‘shoksidi va b.) ham kam emas. Suvda CO2 miqdorining ortishi suvning ohaktoshni eritish ta’sirini kuchaytiradi; SO2 pirovardida yog‘inlar bilan tushadigan oltingugurt kislotasini hosil qiladi va metallarning korroziyasiga (lot. korrosio yemirish, kemirish), binolarning nurashiga qulaylik yaratadi. Ko‘pgina texnogen tashlandiqlar (har xil kislotalar, fenollar, neft mahsulotlari va b.) oqava suvlar orqali tushadi. Suvga, shuningdek, o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarning katta qismi tushadi. Ichki suv havzalari o‘ta zaharli nitratlar, pestitsidlar, simob, mishyak va boshqalar to‘planadigan tabiiy kollektorlardir. Ularga, shuningdek, maishiy chiqindilar, jumladan detergentlar (ko‘piruvchi moddalar) ham tushadi va ular ko‘llar va suv omborlarining biokimyoviy rejimini ancha kuchli o‘zgartiradi. Elementlarning suvdagi migratsiyasining (lot. migration ko‘chish) oxirgi bo‘g‘ini Dunyo okeani tashkil etadi. Bundan tashqari. Dunyo okeaniga neft mahsulotlari, sanoatning kimyo, atom va boshqa tarmoqlarining chiqindilari ham bevosita tashlanadi. Natijada Dunyo okeanining ifloslanishi tobora ortib bormoqda. Bu esa uning atmosfera bilan (neft pardasi hosil bo‘lishi tufayli) gaz va issiqlik almashuvini buzilishiga, okeanda hayot mavjudligi sharoitlarining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling