Qurbonmurodov jahongirning
Download 0.92 Mb.
|
jahon tabiayt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insoniyatning issiqlik balansi o`zgarishi tasiri.
O`rmon yong`inlari.
Issiqlik balansining buzilishi .Yer yuzasi va atmosfera tabiiy issiqlik balansining xilma - xil o‘zgarishi boshqa texnogen ta’sirlarning, jumladan bevosita yuzaning o‘zgartirilishi (sug‘orish, shaharlardagi suniy qoplamalar, o‘rmonlar maydoni-ning qisqarishi, suv omborlarining bunyod etilishi va b.), atmosferada chang va CO2 miqdorining ko‘payishi, yonilg‘ini yoqish tufayli atmosferaga issiqlik tushishining bilvosita natijasi sifatida vujudga keladi. Antropogen ta’sirlar issiqlik balansining o‘zgarishiga olib keladi. Ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasining atmosferaga o‘tishi issiqlik balansining o‘zgarishida ham muhim omildir. 4-Rasm Insoniyatning issiqlik balansi o`zgarishi tasiri. Ma’lumki, ishlab chiqarishda hosil qilingan hamma energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, energetika qurilmalarining hozirgi foydali koeffisiyenti o‘rtacha 30% tashkil etadi. Shu sababli energiyaning qolgan 70% i atrof muhitga, asosan atmosferaga o‘tadi. Atmosferada qo‘shimcha energiyaning to‘planishi Yer yuzasidagi havo haroratining ko‘tarilishiga olib keladi. Issiqlik balansining o‘zgarishi Yer yuzasi holatining o‘zgartirilishi bilan ham bog‘liq. Inson o‘zining mehnat faoliyati bilan o‘simlik qoplamini o‘zgartiradi, botqoqliklarni quritadi, sug‘oriladigan yerlarni kengaytiradi, gidrografik to‘rni tartibga soladi, binolar, yo‘llar quradi, ishlab chiqarishdan chiqqan chang qurumlari muz va qor ustini, okean va dengizlardagi suv yuzasini neft pardasi qoplaydi. Bularning hammasi shu joylarning radiatsiya va issiqlik balansiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishdan atmosferaga aerozollarning (yun. ayr - havo; nem. sol -tuz) chiqarilishi havoda bulutlarning ko‘payi-shiga va Quyosh radiatsiyasi qaytishning kuchayishiga imkon beradi. Shu bilan birga bulutlar uzun to‘lqinli (issiqlik) nurlarning yutilishini kuchaytirib, havoning isishiga olib keladi. Atmosferada aerozollar miqdorining oshishiga bog‘liq holda o‘rtacha harorat pasayadi. M.I. Budiko (1984) ma’lumotlariga ko‘ra, havoda aerozollar miqdorining ko‘payishi yillik haroratni 0,5o ga pasaytirishi mumkin. M.I. Budikoning hozirgi ma’lumotlar asosida intrpolyatsiya usuli bilan qilgan hisoblariga ko‘ra, 2050-yilda Yerning harorati 3,5o ga ortishi mumkin. O‘rtacha haroratning ko‘tarilishi, tabiiyki, dastlab dengiz muzliklarining, keyinroq materik muzlarining erishiga va okeanlarda suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo insonning aql - zakovati o‘zi uchun halokatli bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni oldini oladi. Shahar qurilishi ham gravitatsiya muvozanatini o‘zgartiradi. Ulkan binolarning og‘irligi natijasida yuza cho‘kadi. Yirik suv omborlarining qurilishi ham ularning tevarak atrofida iqlimning yumshashiga, yer osti suvlari sathi hamda rejimining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Gravitatsiya muvozanatining o‘zgarishi seysmik intensivlikka ta’sir ko‘rsatishi tufayli zilzilalarning sodir bo‘lishi oshadi.2 Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling