Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

TNB ning asosiy vazifasi: 
1. TNB ishlab chiqarish zvenolarida nazorat qiluvchi xodimlarni tanlash va 
joylashtirish. 
2. 
Nazorat usullarini ishlab chiqish.
3. 
Nuqsonni hisobga olish va tahlil qilish


41 
4. Mahsulot sifatini nazorat qilishda jahon andozalari, ilg‗or texnologiya 
usullarini tashkil qilish va tadbiq etish. 
5. Xom ashyoni texnologik jarayonga kirishini nazorat qilish. 
6. Tayyor mahsulotlar sifatini tanlash yo‗li bilan tekshirish. 
7. Mahsulotni yangi namunasini sinovdan o‗tkazishda qatnashish. 
8. Mahsulotni attestatsiyadan o‗tkazishga tayyorlashda qatnashish. 
Hozirgi vaqtda detallarni ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilishning eng 
zamonaviy usullari (avtomatlashtirish, yoppasiga nazorat qilish)ni yaratishga keng 
e‘tibor qaratilgan. 
Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, 
yoqilg‘i, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, 
dastgohlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va boshqa) da amalga oshiriladi. Nazorat 
qilinadigan obyekt xususiyatiga ko‘ra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik 
xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy tahlil, metallografik tadqiqotlar o‘tkazish, 
sinab ko‘rib nazorat qilish va boshqa usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning 
texnologik jarayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat (mahsulot ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq operatsiya bajarib bo‘lingach, o‘tkaziladi); inspeksion (yoki 
tanlab) nazorat qilish; boshlang‘ich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan 
materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi detallar nazorat qilinadi); faol 
nazorat (mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida o‘lchov asboblari yordamida 
nazorat qilish); tayyor mahsulotni qabul qilish jarayonidagi nazorat va boshqa 
turlari bor.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling