Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-§. Mashina va apparatlarning barqarorligi va uni oshirish yo„llari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

1.4-§. Mashina va apparatlarning barqarorligi va uni oshirish yo„llari 
 
Hozirgi paytda davlatimizni Mustaqillik yo‗liga o‗tganligi tufayli, davr 
talabi asosida sohalardagi o‗zgarishlar, yangi texnologik mashinalarni ishlab-
chiqishni yo‗lga qo‗yishni ko‗rsatadi. 
Barqarorlik deganda mashina va apparatlarni o‗rnatilgan muddatda, yuqori 
sifatli mahsulot ishlab-chiqish, talab etilgan funksiyasini barcha texnikaviy, 
texnologik ko‗rsatkich parametrlarini saqlagan holda ta‘mirlash, texnikaviy xizmat 
ko‗rsatish, saqlanish xossalarini to‗plami tushuniladi. Barqarorlikni ta‘minlash - 
mashina yoki apparatlarni loyihalash bosqichdan boshlanib, mexanizmlarning 
mustahkamligi, chidamliligi, tezkor ishlashi, unumdorligini doimiyligi, detallarni 
tayyorlanishi, materiallari va hokazolarni o‗z ichiga oladi. Mashinalarni 
ekspluatatsiya qilish jarayonidan boshlab barqarorligi aniqlanadi va ularni 
to‗xtovsiz, boqiy ishlashi ta‘mirlash usullariga, ishlash rejimiga, xom ashyoga 
bog‗liq bo‗ladi. 
Barqarorlik - bu kompleks muammo bo‗lib, ko‗p qirrali soha ilmlarini 
qo‗llashni talab etadi. Masalan, "Ehtimollar nazariyasi", "Matematik statistika", 
"Materiallar qarshiligi", "Mashina va mexanizmlar nazariyasi", "Metalshunoslik", 
"Mashinasozlik" va hokazolar. Barqarorlik fani bu mashina va apparatlarni 
texnologik jarayonlarni bajarishda to‗xtovsiz ishlashi, uzoq muddatga xizmat 
qilishi, kam xarajatlar sarf qilinishi, ularni ko‗rsatkichlarni ma‘lum qonuniyat 
asosida o‗zgarib borishini kuzatish va ta‘minlashni o‗rgatadi. Sifat 
ko‗rsatkichlarini absolyut o‗zgarishi mashinani jismoniy eskirishidan, nisbiy 


45 
o‗zgarishlar esa ma‘naviy yemirilishdan paydo bo‗ladi va asosan absolyut 
o‗zgarish ko‗rsatkichlari va xossalari fanda muhim o‗rin egallaydi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling