Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Buzilmay ishlash ehtimoli


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Buzilmay ishlash ehtimoli – buyumning topshiriqda ko‗rsatilgan vaqt 
ichida yoki ish hajmini bajargunga qadar buzilmay ishlashidir. Atama Dav ST 
13377–75 ga kiritilgan.
Ko„pga chidamlilik – buyumning belgilangan texnik xizmat ko‗rsatish va 
ta‘mirlash tizimiga rioya qilingan holda chegara holatgacha o‗z ish qobiliyatini 
saqlash xususiyatidir.
Ta‟mirlashga yaroqlilik – buyumning buzilish oldidagi holatini, buzilishini 
va shikastlanishlarini oldindan aniqlashga, ularning oldini olishga, ish qobiliyatini 


56 
texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash yo‗li bilan saqlash va tiklashga 
moslanganlik xususiyati bilan aniqlanadi.
Saqlanuvchanlik – buyumning buzilmay ishlashlik, ko‗pga chidamlilik va 
ta‘mirlashga yaroqlilik xususiyatini saqlash (yoki buyumni tashish) davrida va 
saqlashdan keyin ham yo‗qotmaslik xususiyatidir.
Obyekt ishonchliligi jihatdan tuzuk, buzilgan, ishga qobiliyatli, ishga 
qobiliyatsiz, chegara holatlarda bo‗ladi. Obyekt texnik-me‘yor va konstruktorlik 
hujjatining barcha talablarini qondira oladigan holatda bo‗lsa, u tuzuk deyiladi. Bu 
talablarning birortasi bajarilmay qolsa, obyekt buzuq deyilali.
Obyektni ishlatish jarayonida texnik nuqson yoki shikastlanish bor yoki 
paydo bo‗lsa, bu buzuqlik alomati bo‗ladi.
Ishga qobiliyatlilik deb, obyektning o‗z vazifasini texnik-me‘yor (yoki) 
konstruktorlik hujjati talablariga muvofiq bajara oladigan holatiga aytiladi.
Agar buyum o‗z vazifasini bajara olmaydigan holatga kelsa, bu buyumning 
ishga qobiliyatsiz holati deb ataladi. Obyekt buzilsa, u ishga qobiliyatli holatdan 
ishga qobiliyatsiz holatga o‗tadi.
Buzuq buyum ishga qobiliyatli bo‗lishi mumkin. Masalan, avtomobilning 
bo‗yog‗i shikastlanganda u buzuq deyiladi, lekin bunday avtomobil ishga 
qobiliyatli bo‗ladi. Ishga qobiliyatsiz buyum ayni vaqtda buzuq bo‗ladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling