Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Mashina va jihozlarni inkorsiz ishlash darajasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Mashina va jihozlarni inkorsiz ishlash darajasi 
Har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulotni o‗z sohasi "Metodika hisobi" 
bo‗yicha kafolatli ishlash muddati ishlab chiqilishi shartdir. 
1-kapital ta‘mirgacha ishlash muddati T
1-k.t.:
- halqali-yigiruv mashinalari uchun - 42 oy; 
- pnevmomexanik, o‗rama mashinalari va avtomatlari uchun - 36 oy; 
- charm, mo‗yna ishlab chiqarish apparatlari uchun - 18 oy; 
- yuqori bosim ostida ishlovchi apparatlar, qurilmalar uchun – 32 oy;
- hamma yigiruv va o‗rama mashinalar va avtomatlar uchun kafolatli ishlash 
muddati - 18 oyni tashkil etadi. 
Har bir ishlab chiqarilayotgan yigiruv mashinalari uchun barqarorlik 
ko‗rsatkichlari nomenklaturasi korxonani shartli standartsiz asosida tayyorlanib
yuqoridagi ko‗rsatkichlardan biri farq qilishi mumkin. Masalan, tarash mashinalari 
uchun barqarorlikni normalashtirilgan ko‗rsatkichlari 3 ta bo‗ladi: 
T
0
, K
t
, K
tf

To‗quv dastgohlarini normalashtirilgan barqarorlik ko‗rsatkichlari T, K
t
, T
k.t.

T
t
qabul qilingan. 
Barqarorlikni qo‗shimcha ko‗rsatkichlari quyidagilar bo‗lishi mumkin: 
K
t.f.
- texnikaviy foydalanish koeffitsienti; 
T
t
- tiklanishni o‗rtacha vaqti; 
T
i.m.
-hisobdan chiqarish vaqtigacha bo‗lgan ishlash muddati; 
R
(t)
- inkorsiz ishlash ehtimoli va hokazolar. 


54 
1.5-§. Puxtalik nazariyasi elementlari va asosiy tushunchasi 
Puxtalikka oid asosiy tushunchalar. Puxtalik ko‗rsatkichlari 
Ishonchlilik – mashinaning vaqt davomida o‗zining ish ko‗rsatkichlarini 
topshiriqda belgilangan darajada saqlagan holda o‗z vazifasini bajara olish 
xususiyati. Mashinalarning ish ko‗rsatkichlari ularni ishlatish, texnik xizmat 
ko‗rsatish, ta‘mirlash, saqlash va tashish tartib va sharoitlarini topshiriqda 
belgilanganidek bajarish yo‗li bilan ta‘minlanadi. Ishonchlilik bir nechta 
xususiyatlarni o‗z ichiga oladi va mashinaning vazifasiga va uni ishlatish 
sharoitlariga qarab buzilmay ishlashlik, ko‗pga chidamlilik, ta‘mirlashga yaroqlilik 
va saqlanuvchanlik xususiyatlaridan iborat bo‗ladi. Texnikadagi ishonchlilikka oid 
atamalar (terminlar) Dav ST 13377 – 75 da belgilangan.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling