Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Mahsulotni barqarorlik ko‗rsatkichlarining nomenklaturasini aniqlash 
Mashinalarni barqarorlik miqdorlari ko‗rsatkichlarining baholanishi, ishlov 
berilayotgan manba xususiyati, ekspluatatsiya qilish rejimi, shart-sharoiti va 
inkorlarni sodir bo‗lishi natijasiga qarab aniqlanadi. 
Barqarorlik ko‗rsatkichlari har bir manbani barqarorlikni shartli ravishda 
baholaydi va ko‗rsatkichlari: o‗lchamli va o‗lchamsiz kattaliklarga ega bo‗ladi.
Barqarorlikni kompleks ko‗rsatkichlari texnologik mashina va jihozlarni 
barqarorligini tashkil etuvchi alohida elementlarining bir qancha xossalarini 


51 
xarakterlovchi ko‗rsatkichlardir. Yagona va kompleks barqarorlik ko‗rsatkichlarini 
umumiy sonlari ishlab chiqarish tizimini tashkil etuvchi har bir elementlarining 
xossalari miqdorlarini yig‗indisining umumiy miqdoriy tafsilotini aniqlaydi. 
Masalan, umumiy ko‗rsatkichlari miqdori 30% bo‗lsa, yagona elementni 
barqarorligi 10% olinib, 3-4 ko‗rsatkichi qabul qilinadi. Mahsulotni barqarorlik 
ko‗rsatkichlarining nomenklaturasini aniqlash, ikki guruhga bo‗linadi: 
1-guruhga inkor va inkorning tavsifini mahsulotning samaradorligiga 
bog‗langan holda ta‘siri tahlil etiladi, qolgan hollardagilar 2-guruhga kiradi. 
To‗qimachilik sanoati mashina va apparatlaridagi oxirgi samaradorlik shu 
jihozlarni o‗rnatilib, ishlatilib to‗plangan davrini yig‗indisiga proporsional bo‗ladi. 
To‗qimachilik jihozlari inkordan so‗ng tezda - oddiy tartibda ta‘mirlanuvchi 
va xizmat ko‗rsatuvchi shaxslar tomonidan tiklanuvchi hisoblanadi. 
Bu 
kategoriyadagi 
jihozlarni 
samaradorlik 
koeffitsienti, 
texnikaviy 
foydalanish koeffitsientiga teng: 
K
sam
=K
tf
 
O‗z navbatida 1 va 2 guruh mahsulotlari ikki ko‗rinishga bo‗linadi: bu 
ko‗rinishdagi mahsulotlar ekspluatatsiya jarayonida ruxsat etilgan holatiga borib, 
ish qobiliyati yoki yaroqsiz holatda bo‗ladi. 
To‗qimachilik mashinalarining asosiy normal barqarorlik ko‗rsatkichlaridan 
tashqari ularning xarakterli xossalarini chuqur tahlil etish uchun qo‗shimcha 
barqarorlik ko‗rsatkichlari, ya‘ni mahsulotning maxsusligini xarakterlaydi. 
To‗qimachilik sanoatida qo‗llanilayotgan texnologik mashinalar: piliklash
halqali - yigiruv, rotorli - yigiruv, yigiruv - burama, pnevmo-mexanikaviy, o‗rama 
mashinalari Dav ST 27.003-83 bo‗yicha, hamda korxona, soha standartlari asosida 
quyidagi barqarorlik asosiy ko‗rsatkichlari qabul qilingan (2-shakl). 
Mashina va jihozlarning birinchi kapital ta‘mirgacha ishlash muddati 
sinovdan o‗tkazilmaydi. Mashinalarni birinchi ta‘mirlashgacha ishlash muddati 
ishlab chiqargan zavod tomonidan kafolatli ishlash muddati o‗xshash 
mashinalardan chet el firmalarida ishlab chiqarayotgan texnologik mashina va 


52 
jihozlardan barqarorlik ko‗rsatkichlari pasportlarida, shartnomalarni ayrim 
punktlarida to‗liq ko‗rsatiladi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling