42
Mahsulot sifatini texnik nazorat qilish, boshqarish va attestatsiyalash
Sanoat mahsulotlari sifatini boshqarish. Hozirgi davrda O‗zbekston
Respublika
Davlat standarti markazi, xalq xo‗jaligining har bir sohasida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni viloyatlardagi "Davlat nazorati laboratoriyalari" orqali
amalga oshiradi.
Mahsulot sifatini boshqarish - yaratilayotgan, iste‘mol yoki ekspluatatsiyaga
berilayotgan mahsulotni raqobatbardosh korxonalarda chiqarilgan mahsulotlarga
nisbatan sifati ustun bo‗lishini ta‘minlashdir. Mahsulot
sifatini boshqarishni
umumiy rahbarligi hissadorlik jamiyati va korxona rahbarlari tomonidan amalga
oshiriladi. Mahsulot sifatini boshqarish ishlarini koordinatsiyalash,
texnikaviy
bo‗lim standartlashtirish bo‗limi yoki maxsus sifat bo‗limi zimmasiga yuklatiladi.
Sifatni boshqarish bo„limining asosiy vazifalari:
1. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimini ishlab chiqish, tadbiq
etish va takomillashtirish.
2. Mahsulot sifatini tahlil etish va baholash.
3. Korxonaning joriy, yillik,
texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ish rejalarini tuzishda
qatnashish.
4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish borasida: sifat kuni,
seminarlar, maxsus o‗quv kunlarini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: