Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
Alderferning ERG nazariyasi
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
Alderferning ERG nazariyasi
Motivatsiya inson xatti-harakatlarini boshqarganligi bois u insonning yо‘nalishi, barqarorligi, uyushqoqligi, faolligini belgilovchi psixofiziologik jarayonda katta ahamiyatga ega, shuning uchun bir necha о‘n yillar davomida kо‘plab tadqiqotchilar butun jahonda inson faoliyatining motivatsiyalarini о‘rganish bilan bandligini yuqorida qayd etib о‘tildi. Motivatsiyani о‘rganish sohasida Maslouning ehtiyojlar nazariyasidan tashqari bir qator nazariyalar mavjud bо‘lib bulardan eng yangi paydo bо‘lgan nazariyalardan biri- motivatsiyaning ERG nazariyasidir. Ushbu nazariya muallifi – amerikaning Yels universiteti psixologi Kleyton Pol Alderferdir. U о‘z nazariyasiniya yaratish jarayonida insonning barcha ehtiyojlarini uch katta guruhga bо‘lish mumkin deb hisoblaydi va bu bilan uning ushbu nazariyasi qisman Maslou nazariyasiga о‘xshab ketadi, shu bois ular kо‘pincha taqqoslanadi. Biroq, uning nazariyasida Maslou nazariyasidan farqli о‘laroq ehtiyojlarning uch guruhi mavjud xolos, bular: Hayot davomidagi ehtiyojlar (xavfsizlik, fiziologik ehtiyojlar) –existence; Aloqa ehtiyojlari (ijtimoiy xususiyatga ega bо‘lgan ehtiyojlar; dо‘stlar, oila, hamkasblarga, raqiblarga va h.k.larga hamda bunga qо‘shimcha ravishda Maslou piramidasidagi ehtiyojlardan bir qismi, e’tirofga sazovor bо‘lish, о‘z о‘rnini topish)-Relatedness; Yuksalish ehtiyojlari (Maslou piramidasidagi о‘z-о‘zini namoyon etish ehtiyojlari) – growth. Existence – ekzistensial ehtiyojlar guruhiga mavjudlik ehtiyojlari kiradi. Bular xavfsizlik ehtiyojlarida, fiziologik ehtiyojlarda aks etadi. Bularni Maslou piramidasidagi ehtiyojlar bilan taqqoslagan holda ular xavfsizlik ehtiyojlaridan iborat ekanligini, biroq bularga guruhli xavfsizlik va fiziologik ehtiyojlar kirmaganligini kо‘rish mumkin. Relatedness – ijtimoiy ehtiyojlar bо‘lib, bular insonning ijtimoiy tabiatini aks ettiradi. Bu guruhga insonning о‘zini qaror topdirishga bо‘lgan ehtiyojini, uning о‘z atrofidagi olamda qandaydir maqomni egallashga intilishi, e’tirof etilishga, qо‘l ostida xodimlari yoki boshlig‘i, dо‘stlari, raqiblari, oilaning bir qismi bо‘lishga intilish ehtiyojlarini kо‘rish mumkin.Aloqalarga bо‘lgan ehtiyojlarda mansublik va aloqadorlik ehtiyojlari guruhlari bilan о‘zaro bog‘liqlikni kuzatish mumkin. Alderferning fikriga kо‘ra aloqa ehtiyojlari kishilarning ijtimoiy tabiatini aks ettirgani bois ehtiyojlarning kо‘rib chiqilayotgan guruhiga kishilarning atrof olamda о‘z о‘rnini egallashga bо‘lgan intilishlari bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan, Maslou piramidasidagi e’tirof va о‘z о‘rnini topish borasidagi ayrim ehtiyojlarni, shuningdek, guruhli xavfsizlikka bо‘lgan ehtiyojlarni dadillik bilan kiritaverish mumkin. Growth – rivojlanish, о‘sish ehtiyojlari. О‘sish ehtiyojlariga insonning shaxsiy о‘sishi va rivojlanishiga intilishi bilan bog‘liq ehtiyojlari kiradi. Bularni Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi bilan taqqoslagan holda о‘zini namoyon etish ehtiyojlariga о‘xshatish mumkin, biroq bu yerga insonning о‘z о‘zini takomillashtirishi, о‘zida ishonchni rivojlantirishi va h.k.larga intilishiga asoslangan e’tirof etilish va о‘z о‘rnini topishga bо‘lgan ehtiyojlar ham kiradi. K.Alderfer nazariyasini ham piramida kо‘rinishida tasavvur qilishga urinib kо‘ramiz. Maslouning nazariyasi Alderfer nazariyasidan faqat shunisi bilan farq qiladiki, Maslouning fikriga kо‘ra ehtiyojlardan ehtiyojlar tomon harakat faqat quyidan yuqoriga bо‘lishi mumkin. Alderfer esa harakatlar ikkala tomonga ham bо‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Agar quyi darajadagi zhtiyojlar qondirilgan bо‘lsa, harakat yuqoriga va aksincha yuqori darajadagi ehtiyojlar qondirilgan bо‘lsa, harakat quyiga bо‘lishi mumkin. Shu asnoda, agar yuqori darajadagi ehtiyoj qondirilmagan bо‘lsa, quyi darajadagi ehtiyoj kuchayadi va kishining e’tibori ushbu quyi darajaga yо‘naltiriladi16. Shu bilan bir qatorda nazariyaga kо‘ra, yuqori darajadagi ehtiyojlarning qondirilmagani quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilmasligi kuchayishiga olib keladi, binobarin shu darajadagi ehtiyojlarni qondirishga inson о‘z о‘zidan e’tibor qaratadi. Masalan, agar shaxsiy yuksalishdagi ehtiyoj qondirilmagan bо‘lsa, insonda aloqa ehtiyojlari faollashadi. Bu yuqori darajadagi ehtiyojlarning quyi darajadagi ehtiyojlarga qaytish jarayonidir. Bir muncha aniq ehtiyojlardan uncha aniq bо‘lmagan ehtiyojlar tomon kо‘tarilib boish YERG nazariyasidan kelib chiqadi. Alderfer har safar insonning e’tibori bir muncha aniq ehtiyojni qondirishga kо‘chganda, qaysidir boshqa ehtiyoj qondirilmaydi, shu tarzda aynan shu pastga tomon harakat yuqoridan pastga bо‘lgan harakatni keltirib chiqaradi. K.Alderfer nazariyasida ehtiyojlar bо‘yicha yuqoriga harakat ehtiyojlarni qondirish jarayoni deb ataladi, pastga bosadigan harakat esa – frustratsiya jarayoni (Frustratsiya (lotincha frustratio — “aldash”, “omadsizlik”, “bekorchi kutish”, “fikrlarning buzilishi”) deb ataladi. Bu u yoki bu ehtiyojlarning aniq yoki taxminiy qondirilmasligi vaziyatida vujudga keluvchi salbiy psixik holat bо‘lib, insonning о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi muvaffaqiyatsizligi bilan belgilanadi. Shunga bog‘liq holda ehtiyojlar darajalar bо‘yicha harakatlarining ikki yо‘nalishi mavjudligi bois tashkilotda motivatsiyalash g‘oyalari uchun yangi qо‘shimcha imkoniyatlar ochiladi. Masalan, firma insonning yuksalish ehtiyojini qondirish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bо‘lmasa, u aloqa ehtiyojlarini qondirishga g‘ayrat bilan kirishadi. Shuning uchun, firma unga bunday ehtiyojni qondirishga imkon berishi lozim. Buning oqibatida firmaning boshqa kishini motivatsiyalash salohiyati kuchayadi. Kleyton Alderfer joiriy ehtiyojlar har qanday vaqt oralig‘ida hatto besh yil davomida ham qondirilmay qolib ketishi mumkin, unda maqsadlar о‘zgarishi mumkin. Yoshlar kо‘pincha rahbar bо‘lishga intiladilar, yetuk yoshga borganda esa prezident bо‘lishni xohlamasliklari mumkin. Chunki, juda kо‘p vaqt oladi. Alderfer ehtiyojlarni qondirilishi va ularning faollashuvi о‘rtasidagi aloqani о‘rnatishga urinib kо‘rdi. Natijada quyidagi yetti tamoilni belgiladi: Mavjudlik ehtiyojlari (YE) ular qancha kam qondirilgan bо‘lsa, shuncha kо‘proq namoyon bо‘ladi. Mavjudlik ehtiyojlari (YE) ijtimoiy ehtiyojlar (R)qancha kamroq qondirilgan bо‘lsa, shuncha kuchliroq ta’sir kо‘rsatadi. Ijtimoiy ehtiyojlar (R) mavjudlik ehtiyojlari (YE) qancha tо‘la qondirilgan bо‘lsa, shuncha faolroq namoyon bо‘la boshlaydi. Ijtimoiy ehtiyojlar (R) agar ular kamroq qondirilgan bо‘lsa, harakatlarning kuchayishi yuz beradi. Shaxsiy yuksalish va о‘z-о‘zini namoish etish ehtiyojlari (G)kamroq qondirilgan bо‘lsa, ijtimoiy ehtiyojlar (R) kuchaya boshlaydi. Ijtimoiy ehtiyojlar (R) qanchalik tо‘la qondirilgan bо‘lsa, shaxsiy yuksalish ehtiyojlari (G) shunchalik kuchliroq ta’sir kо‘rsatadi. Shaxsiy yuksalish ehtiyojlari (G) agar ular kamroq qondirilgan bо‘lsa, о‘zini shunchalik faolroq kо‘rsatadi. Biroq, shu asnoda ular qanchalik kо‘proq qondirilsa, shunchalik kuchliroq bо‘ladi. Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, Alderfer ehtiyojlarning dolzarblashuvi Maslou kо‘rsatgandan boshqacharoq bо‘lishi va faqat ehtiyojning irerxiyadagi о‘rnidan emas, balki ham maskur ehtiyojning ham ayrim boshqa ehtiyojlarning qondirilishi darajasiga bog‘liq bо‘lishini kо‘satib berdi. YERG nazariyasining о‘ziga xosligi shundaki, u nisbatan yaqinda, 1972 yilda paydo bо‘lgan. Shu bois uning tо‘g‘riligidan dalolat beruvchi amaliy tasdiqlarning yetarli soniga ega emas. Biroq, shunga qaramasdan ushbu nazariyaning asosiy qoidalarini bilish menejerlar uchun foyda keltiradi. Chunki, shu nazariya tufayli motivatsiyalashning eng yaxshi va samarali usullarini izlashda boshqaruvchilar oldida yangi istiqbollar va uvqlar ochiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, о‘zining sodda qoidalariga kо‘ra Alderfer nazariyasi ilmiy ham jamiyat tomonidan e’tirof etilgan, biroq mazkur nazariya kо‘p jihatdan Maslou ehtiyojlar nazariyasiga о‘xshab ketadi. Ushbu ikkala nazariyada ham tashkilotlarda hamda motivatsiyalash uchun kishilar xatti-harkatini rag‘batlantirishning о‘ziga xos dasturlarini yaratish yо‘lida foydalanish mumkin bо‘lgan ehtiyojar о‘zaro bog‘liqligi hamda mazkur ehtiyojlarning turli turkumlari taklif etilgan. Yagona irearxik tizim doiralarda ehtiyojlar aniqlanmasligi bois T.Alderfering fikriga kо‘ra ehtiyojlardan har biri istalgan vaqtda faollashuvi mumkin, shu asnoda ulardan ayrimlari masalan, yuksalish ehtiyoji, umuman inson ularni qondirib borgan sari kuchayishi mumkin. YERG nazariya bir muncha oldingi motivatsiyaning mazmundor nazariyalariga xos bо‘lgan qator afzalliklarga ega. Garchi bu nazariya kamroq qо‘llanilayotgan bо‘lsada, inson ehtiyojlari sohasida olimlar о‘tkazayotgan tadqiqotlar natijalari Maslou peramidasiga nisbatan Alderfer nazariyasiga kо‘proq mos keladi. Aynan shu bois, Alderfer nazariyasida hammaga tanish va ommaviy bо‘lib qolgan Maslou peramidasiga muqobillikni kо‘rishga bugungi kunda asos juda kamdir. Bu nazariyani amalda sinab kо‘rish uchun siz Maslou ehtiyojlar piramidasiga tayangan holda sizning holatingizdagi ehtiyojlar qondirilishi qanday yuz berayotganini kuzatishingiz mumkin. Agar yuqoriga qarab harakatlanayotganingizni kо‘rsangiz bu jarayon Alderfer fikriga kо‘ra qoniqish jarayonidir. Agarda darajalar bо‘yicha quyiga qarab ketayotgan bо‘lsangiz bu holat frustratsiya –xafachilik (ehtiyojlarni qondirishga ehtiyojda mag‘lubiyatni) anglatadi. Agar, masalan, siz о‘zingizning yuksalish ehtiyojlaringizni qondira olmasangiz, e’tiboringiz aloqalar ehtiyojiga tomon yо‘naladi. Mazkur holatda qoniqish jarayoniga qaytish uchun quyi daraja ehtiyojini qondirish va bu bilan yuqori darajaga kо‘tarilish mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling