Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Maslouning ehtiyojlar iyerarxiya nazariyasi


Download 1.45 Mb.
bet7/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Maslouning ehtiyojlar iyerarxiya nazariyasi

Ushbu nazariya muallifi amerikalik vrach psixologAbraxam Masloudir. U 1908 yilda AQSH Nyu-York shtatining Bruklin shahrida tug‘ilgan. U 1030 yillarning о‘rtalariga kelib “Motivation and personality” (Motivatsiya va shaxs) kitobi ustida ishlay boshladi. Bu asar 1954 yilda nashr qilindi va uning hayotidagi asosiy asarga aylandi. 1943 yilda u о‘zining ikki asari «A Preface to Motivation Theory» («Motivatsiya nazariyasiga kirish») i «A Theory of Human Motivation» (Inson motivatsiyasi nazariyasi) asarlarini nashr qiladi.
Abraxam Maslouning Ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi ba’zan Maslou “piramidasi” yoki “narvoni” ham deb atalib bugungi kunda butun jahondagi menejmentlar tomonidan e’tirof etilgan fundamental nazariyadir. Maslou inson ehtiyojlarini iyerarxik tomoyilga kо‘ra besh asosiy bosqichga taqsimlaydi, bu inson о‘z ehtiyojlarini qondirishda huddi narvonda kо‘tarilayotgandek quyi bosqichdan yuqoriga kо‘tarilishini ta’kidlaydi.
1-rasmga qarang.



1. rasm Ehtiyojlar iyerarxiyasi (Maslou piramidasi)
Maslouning fikriga kо‘ra “inson ehtiyojlari iyerarxiya kо‘rinishida joylashadi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda bir ehtiyoj paydo bо‘lishidan oldin undan muhimroq ehtiyojni qondirish lozim bо‘ladi. Inson u yoki bu istakni doimo his qiluvchi mavjudotdir”11.
Maslou maqsadlarning besh guruhini belgilaydi va ularni asosiy ehtiyojlar deb ataydi, bular: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlik va himoyaga bо‘lgan ehtiyojlar, muhabbatga bо‘lgan ehtiyoj, о‘z sha’ni hisslarini qondirishga bо‘lgan ehtiyojlar va о‘zini namoyon etish ehtiyoji. Bu ehtiyojlar yoki maqsadlarning iyerarxik tabiati shundan kelib chiqadiki “asosiy maqsad ongni egallab oladi va unga erishish uchun organizmning turli salohiyatlarini rag‘batlantiradi. Birmuncha ahamiyatsiz ehtiyojlar kamayib boradi yoki xatto unitiladi yohud rad etiladi”12.
Fiziologik ehtiyojlarni, eng avvalo ovqatga bо‘lgan ehtiyojni Maslou mazkur iyerarxiyaning asosiga joylashtiradi. Chunki, hamma ehtiyojlar orasida boshqa narsalar emas aynan fiziologik ehtiyojlar eng muhimdir. Ovqat, xavfsizlik, muhabbat va hurmatdan judo bо‘lgan inson tabiiy tarzda eng avvalo ovqat topishga urinadi. She’r yozish ishtiyoqi, yangi mashina sotib olish istagi, Amerika tarixiga qiziqish, tufli sotib olish zarurati favqulodda holatlarda butkul unutiladi yoki ikkinchi darajali ehtiyojga aylanadi.Qornijuda och odam ovqatdan boshqa narsani о‘ylamaydi. U faqat ovqat haqida orzu qiladi, shuni eslaydi, shuni qо‘lga kiritishga intiladi.... erkinlik, muhabbat, mansublik hissi, hurmatli munosabat –bularning barchasi о‘yinchoqdek uloqtirib tashlanadi, chunki bular bilan qorin tо‘yg‘azib bо‘lmaydi. Haqiqatdan ham bunday inson ovqatdan boshqa narsani о‘ylamaydi.
Maslou qо‘shma shtatlarda va boshqa rivojlangan hamjamiyatlarda muntazam och yurish ancha kam uchraydigan holatligini kо‘rsatadi. Shu asnoda bu yerdagi kishilar ochlik sog‘lom ishtaha mavjudligidan darak beradi deb fikr yuritadi. Haqiqatdan ham rivojlangan jamiyatlarda hayotning о‘ta og‘ir tarzi yoki ochlikdan о‘lish kо‘pincha qandaydir favqulotda vaziyatning oqibatidir. Tabiiyki, bunday holatda ham suvga yoki havoga bо‘lgan boshqa fiziologik ehtiyojlar qondirilishi lozim.
Ovqat yetarli bо‘lganda esa boshqa (bir muncha yuksakroq) ehtiyojlar paydo bо‘ladi. Ular fiziologik ehtiyojlar о‘rnini bosadi va hukmron ehtiyojlarga aylanadi. Bular ham о‘z qoniqishini topgach ulardan yuksakroq ehtiyojlar paydo bо‘ladi va h.z.
Agar fiziologik ehtiyojlar qondirilgan bо‘lsa Maslouning fikriga kо‘ra boshqacha ehtiyojlar xususan havfsizlik ehtiyoji paydo bо‘ladi. Maslou buni bolaning kattalarga talpinishi misolida kо‘rsatib beradi. Agar fiziologik ehtiyojlar va xavfsizlik ehtiyoji qondirilsa, inson dо‘stlar, sevgan kishisi, xotini yoki bolalari yetishmayotganini о‘ylay boshlaydi. U boshqa kishilar bilan hissiy munosabatlarga tashna bо‘lib qoladi hamda qandaydir guruhda muayyan maqomni egallashga intiladi va shu maqsadga erishish uchun faol harakat qiladi. Endilikda u och yurgan payitlarida muhabbat tushunchasi istehzo uyg‘otganini butunlay unutadi13.
Tashkilot odatda piramida shaklini qabul qiladi. Ammo bunday tuzilma uning a’zolarining shaxsiy ehtiyojlariga zid keladi. Shaxslar va tashkilotlar bir-biriga keskin qarshi turadi. Inson ulg‘ayib borgan sari tobe holatdan mustaqil holatga о‘tishga intila boshlaydi. Qisqacha qilib aytganda inson hech qanday mas’uliyat bо‘lmagan mas’uliyatli yetuklik holatiga о‘ta boshlaydi. Ammo aksariyat ishchi vaziyatlarda talab qilinadigan shaxsiy sifatlar tobe’lik va majburlash sharoitlar bilan belgilana boshlaydi. Bular rahbarning kо‘rsatmasi shuningdek, byudjet, sifat, vaqt nazorati hamda mehnat harakatlarini tadbiq qilish va mehnat mahsuliga meyorlar belgilash tarzida namoyon bо‘la boshlaydi. Inson tashkilot darajasining qancha quyi bosqichida bо‘о‘lsa, yuqoridagi talablar unga nisbatan shuncha katta bо‘ladi.
Ilmiy menejment hamda harakatlanuvchi yig‘uv konveyri keng joriy etishda vujudga keladigan tashkilotchilik shakllari о‘z-о‘zini hurmat qilish va о‘zini namoyon etish singari bir muncha yuksak tartibdagi ehtiyojlarga о‘rin qolmaydi. Samaradorlik va nazorat talablari xodimlardan faqat boshliqlar talab qiladigan narsalarni bajarishni taqazo etadi.
60 yillarda boshqaruv fanida mehnatga qiziqishni orttirishni ta’minlashga mо‘ljallangan mehnatni tashkil etishni muqobil kо‘rinishlarini rivojlantirish va ishlarni kengaytirishdan iborat bо‘lgan yangicha yondoshuv ishlab chiqildi. Bunga kо‘ra ishlarning borishi va natijalarini kuzata oluvchi bevosita rahbarlar qо‘l ostidagilar muammolarining insoniy jihatlarga va oldiga yanada yuksakroq maqsadlar qо‘yilishi mumkin bо‘lgan samarali ishchi guruhlarni tashkil etishga e’tibor qaratishlari lozim. Bunday rahbarlar о‘z ishiga ishlab chiqarish muammolarini hal qilishdan kо‘ra kishilar bilan о‘zaro harkat qilish sifatida qaraydilar. Ular ishchilarda shaxslarni kо‘rishga harakat qiladilar hamda о‘z vazifalarini xodimlarga topshirilgan ishlarni samarali bajarishda yordam kо‘rsatishda deb biladilar. Ular asosan umumiy rahbarlikni amalga oshiradilar hamda rahbarlik usullaridan kо‘ra maqsadlarga e’tibor qaratadilar. Bunday turdagi rahbarlar xodimlarga qarorlar qabul qilishda imkon qadar kо‘proq ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadilar. Boshqacha sо‘z bilan aytganda boshqaruvning bunday shaklida xodimlar tor ixtisoslikka mо‘ljallangan vazifalarni hal qilish borasidagi eskicha usullardan kо‘ra о‘z salohiyatlarini kо‘proq namoish etadilar. Shu tarzda xodimlar о‘zlarining о‘zini hurmat qilish ehtiyojlarini qondira olishlari mumkin. Garchi shaklllangan tuzilmalar har bir musiqachiga xizmat payitida о‘z musiqasini chalishga, rassomlarga esa о‘z rasmlarini chizishga imkon bermasada, baribir ular past maqom hamda zerikarli ishlar yuzaga keladigan xafagarchilikni (frustratsiya) bartaraf etish yо‘lida muayyan qadam qо‘yishlari mumkin bо‘ladi.
Maslou nazariyasi kishilarning ishga intilishi asosida nima qaror topganligini tushunish borasida katta hissa qо‘shdi. Turli darajadagi rahbarlar kishilarning motivatsiyalari, ehtiyojlarning keng qirralari bilan belgilanishlarini tushinib yeta boshladilar. Muayyan kishini rag‘batlantirish uchun rahbar butun tashkilotning maqsadiga erishishga imkon beruvchi harakat turi vositasida kishining eng muhim ehtiyojlarini qondirishi uchun imkon berishi lozim. Yaqin vaqtlarga qadar ham rahbarlar rag‘batlantirishda faqat iqtisodiy usullardan foydalanishgan. Chunki, kishilarning xatti-harakatlari asosan quyi darajadagi ehtiyojlar bilan belgilangan. Bugungi kunda vaziyat о‘zgardi. Bir muncha kattaroq maoshlar hamda ijtimoiy ne’matlarning kо‘paygani bois tashkilotning quyi bosqichida turgan kishilar ham Maslou iyerarxiyasining yuqoriroq bosqichidan joy ola boshladi.
Maslou ta’kidlab о‘tganidek “Bizning jamiyatimizda fiziologik ehtiyojlar va xavfsizlikka bо‘lgan ehtiyoj aksariyat kishilar uchun nisbatan ahamiyatsiz rol о‘ynaydi. Faqat haqiqatan ham aholining huquqsiz va eng qashshoq qatlami eng quyi darajadagi ushbu ehtiyojlarga tayanishi mumkin. Bundan yuqori darajadagi ehtiyojlar quyi darajadagi ehtiyojlardan kо‘ra yaxshiroq rag‘batlantiruvchi omillar bо‘lib xizmat qilishi mumkinligi borasidagi boshqaruv tizimi nazariyotchilari uchun xulosa kelib chiqadi”14.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar siz rahbar bо‘lsangiz о‘z qо‘l ostingizdagilarning qanday faol ehtiyojlari ularni ishga undayotganligini diqqat bilan kuzating. Chunki vaqt о‘tgan sari bu ehtiyojlar о‘zgaradi, shunday ekan bir marta ish bergan motivatsiya doimo ham samarali bо‘lavermaydi.
Yuqoriroq darajadagi ehtiyojlarni qondirish uchun rahbarlar quyidagi jadvalda keltirilgan tavsiyalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling