Tashqi motivatsiya – bu qandaydir faoliyatning mazmuni bilan bog‘liq bо‘lmagan, inson uchun tashqi holatlardan kelib chiqadigan motivatsiya (mukofot olish uchun musobaqalarda ishtirok etish va h.k.).
Ichki motivatsiya – bu tashqi holatlarga emas balki faoliyat mazmuni bilan bog‘liq motivatsiya (sport bilan shug‘ullanish, chunki bu ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi).
Ijobiy motivatsiya – bu ijobiy rag‘batlarga ega bо‘lgan motivatsiya (agar injiqlik qilmasam ota-onam kompyuterdagi о‘yinlarni о‘ynashga ruxsat etishadi va h.k.)
Salbiy motivatsiya – bu salbiy rag‘batlarga asoslangan motivatsiya (agar injiqlik qilmasam ota-onam meni urushmaydiva h.k.)
Barqaror motivatsiya – bu insonning tabiiy ehtiyojlariga asoslangan motivatsiya (tashnalikni, ochlikni qondirish va h.k.
Beqaror motivatsiya – bu tashqaridan doimiy qо‘llab turishni taqozo etadigan motivatsiya (chekishni tashlash, ozish va h.k.)
Barqaror va beqaror motivatsiya turlariga kо‘ra ham farqlanadi. Motivatsiyaning “nimagadir” va “nimadandir” shaklidagi ikki asosiy turi mavjud (bu kо‘pincha “xipchin va xо‘rozqand usuli” deb ham ataladi). Biroq bulardan tashqari motivatsiyaning qо‘shimcha kо‘rinishlari ham mavjud:
Individual motivatsiya – bu о‘z о‘zini boshqarishni saqlab turishga yо‘naltirilgan motivatsiya (tashnalik, ochlik, og‘riqdan qochish, haroratni saqlab turish va h.k);
Guruhli motivatsiya - (nasl qoldirish tashvishi, jamiyatda о‘z о‘rnini izlash, jamiyat tuzilmasini qо‘llab quvvatlash va h.k.);
О‘rganishdagi motivatsiya – (о‘yin faoliyati, tadqiqotchilik harakati)
Bulardan tashqari inson xatti-harakatlariga turtki beradigan ayrim motivlar ham mavjud:
О‘zini qaror toptirish motivi – bu jamiyatda о‘z о‘rnini topishga muayyan maqomga, hurmatga ega bо‘lishga intilishdir. Ba’zan bunday intilish obrо‘ga intilish motivatsiyasiga (yanada yuksakroq maqomga ega bо‘lishga initilish) mansub bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |