Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
I BOB MOTIVATSIYANING MODELLARI VA MEXANIZMLARI
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya
I BOB
MOTIVATSIYANING MODELLARI VA MEXANIZMLARI Motivatsiyaning asosiy nazariyalari Motivatsiya haqidagi sо‘zni mazkur tushunchaning aniq ta’rifini bilib olishdan boshlagan ma’qul. “Motivatsiya” tushunchasi lotincha “movere” – harakatlantirish sо‘zidan kelib chiqqandir. Motivatsiyaning bir qancha tariflari mavjud, masalan: Motivatsiya – bu harakatga undash. Motivatsiya – bu insonning qandaydir faoliyat vositasida о‘z ehtiyojlarini qondirish salohiyati. Motivatsiya – bu harakatchan ruhiy-fiziologik jarayon bо‘lib u insonning hatti harakatlarini boshqaradi va uning uyushganligi, hatti harakat yо‘nalishi va faolligini belgilab beradi. Hozirgi vaqtda ushbu tushuncha turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Kimdir undash va faoliyat uchun javob beradigan jarayonlar majmui motivatsiya ekanligi borasidagi fikrga tayansa, boshqalar motivatsiyani motivlar majmui sifatida ta’riflamoqda. Shu bois motiv sо‘ziga ham ta’rif berishga tо‘g‘ri keladi. Motiv -lotincha moveo — “harakatlantiraman” sо‘zi fransuz tili orqali motif — “motiv” shaklida kirib kelgan bо‘lib, turli sohalarda turli ma’no kasb etishi mumkin, masalan: -psixologiyada motiv - fiziologik va psixologik ma’noga ega harakatchan jarayon bо‘lib, insonning insonning hatti harakatlarini boshqaradi va uning uyushganligi, hatti harakat yо‘nalishi va faolligini belgilab beradi. Rossiyadagi fanlarda esa kо‘pincha “moddiylashgan ehtiyoj” sifatida ta’riflanadi; -tasviriy san’atda motiv – qandaydir asarda, masalan, rasmda, rangtasvirda, kashtachilikda, naqshlarda doimo qо‘llaniladigan hususiyatli unsurdir; -adabiyotda motiv – asar mazmunining en sodda tarkibiy qismidir; -musiqada motiv – tovushlarning qisqa izchilligidan tashkil topgan, yagona mantiqiy urg‘u bilan birlashgan musiqaning eng sodda ritmik birligidir; -jinoyatshunoslikda – jinoyat motivi – shaxs tomonidan jinoyat sodir etish lahzasidagi xatti-harakatning jinoiy kо‘rinishini hamda xatti-harakatning aniq yо‘nalishinitanlashni keltirib chiqaradigan omillardir; -molekulyar biologiyada motiv - DNK nukleotidlarining о‘ziga xos izchilligidir.3 Boshqa bir manbada: “Motiv (motiv) – bu shaxsning muayyan ehtiyojlarini qondirishga, “nima uchun ushbu faoliyat amalga oshirilmoqda?” degan savolga javob beradigan faoliyatga ongli ravishda undalishidir. Motiv ehtiyojni qondirishga qodir bо‘lgan moddiy va ideal obektlarni hamda bu ehtiyojni qondirishga olib kelishga qodir bо‘lgan harakatlarni bilishni nazarda tutadi”4 deb keltirilgan. Kо‘rib turganimizdek, ushbu tushuncha turli sohalarda turli ma’noni anglatmoqda. Kundalik hayotda motiv ehtiyoj yoki maqsad bilan chalkashtirib yuboriladi. Ammo ehtiyoj - bu noqulaylikni bartaraf etishga ongli tarzda intilish, maqsad esa –bu maqsad belgilashdagi ongli jarayon natijasidir. Masalan, ochlik – ehtiyoj, ovqatlanish istagi – bu motiv, inson qо‘li chо‘zilayotgan ovqat - maqsaddir. Motivatsiya murakkab psixologik hodisadir, uning turli tumanligi ham mana shundan kelib chiqadi. O‘z o‘rnida shuni ham ta’kidlash joizki, motivasiya, motiv, motivasion psixologiya tushunchalari mufassal yoritilgan adabiyotlar o‘zbek tilida deyarli uchramaydi. Shu sababdan biz yuqorida motiv va motivasiya tushunchalarining turli sohalarda qo‘llanilishi borasida imkon qadar tushuncha berib o‘tdik. Motivatsiya borasidagi turlicha ta’rif tushunchalardan tashqari, motivatsiyaning kо‘rinishlari mavjud. Psixologiya fanida inson motivatsiyasining quyidagi kо‘rinishlari ajratib kо‘rsatiladi: Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling