Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet4/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Taqqoslash motivi - insonning kimgadir (obrо‘li kishiga, yoqtirgan insoniga, otasiga) о‘xshashga intilishidir.

  • Hokimiyat motivi – insonning atrofdagilarga ta’sir о‘tkazishga, ularni boshqarishga, ularni harakatlarini yо‘lga solishga intilishidir.

  • Jarayonli-mazmundor motivlar– tashqi omillar vositasida emas balki faoliyatning jarayoni va mazmuni bilan harakatga undashdir.

  • Tashqi motivlar– harakatga undovchi omillar (obrо‘, moddiy ne’matlar va h.k.) faoliyatdan tashqarida turadi.

  • О‘z-о‘zini rivojlantirish motivi – shaxsiy о‘sishga, о‘z salohiyatini amalga oshirishga intilishdir.

  • Erishish motivi – eng yaxshi natijalarga erishish va nimadadir mahoratni egallashga intilishdir.

  • Ijtimoiylashgan motivlar (ijtimoiy ahamiyatga ega motivlar) - burch hissi, kishilar oldidagi mas’uliyat bilan bog‘liq motivlardir.

  • Aaffiliatsiya (birlashish) motivi – boshqa kishilar bilan aloqa о‘rnatish va saqlab turishga, ular bilan muloqotga kirishish va yoqimli munosabat о‘rnatishga intilishdir.

    Motivatsiyaning har qanday kо‘rinishi inson ruhiyatini (psixologiyasini) va uning xatti-harakatlarini о‘rganishda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Biroq inson motivatsiyasiga nima ta’sir kо‘rsatadi? Qanday omillar ishga tushadi? Mana shunga о‘xshash savollarga javob topish uchun motivatsiya nazariyalari qо‘llaniladi.
    Motivatsiyaning asosiy nazariyalari. Motivatsiya nazariyalari insonning ehtiyojlarini, ularning mazmunini va bular uning motivatsiyasi bilan qanday bog‘liq ekanligini о‘rganadi va tahlil qiladi. Bu nazariyalarda insonni u yoki bu faoliyatga nima undashi, qanday ehtiyojlar uning xatti-harakatlariga turtki berishini tushunishga uriniladi. Mazkur ehtiyojlarni о‘rganish quyidagi uch asosiy yо‘nalish paydo bо‘lishiga olib kelgan.







      1. Download 1.45 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling