Qurbonova sevara suyunovna


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1188158
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
boshlangich talim jarayonida iqtidorli oquvchilar imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi

topishmoqlardan ham foydalanish mumkin: 
-Kunlarni men sanayman
Haftalarni jamlayman. 
So‗ng oy, yil,varag‗in, 


Hisoblab yakunlayman. 
Oriqlayman kundan –kun, 
Oxir tugayman butgul. 
Topishmoq javobi – taqvim. 
She'riy masala. 
Bobo va nabira 
- Necha yoshdasiz, bobo? 
O‗ylanib turib bir zum 
Bobo boshlaydi so‗zin: 
- Katta bo‗p qolding, qo‗zim 
Hisoblab ko‗rchi, o‗zing
Sen va akang yoshidan 
To‗rttasin yashab bo‗ldim, 
Endi o‗ylab boq bir oz 
Men necha yoshga to‗ldim? 
- Akam kirdi o‗n birga, 
Men esa to‗qqiz yoshda
O‗ylab ko‗raychi, picha 
Bobomning yoshi necha? 
Matematik 
diktantlar 
ham 
o‗quvchilarni og‗zaki hisoblash ko‗nikmalarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunda o‗qituvchi misollarni og‗zaki aytib turadi. O‗quvchilar 
matematik misollar tarzida yozadilar va javobini topadilar. Masalan: 
1-misol. 36 bilan 28 sonlarining yig‘indisini toping 
2-misol. 41 bilan 19 sonlarining ayirmasini toping. 
3-misol. 24 va 3 sonlarining ko‘paytmasini toping 
4-misol. 91 va 7 sonlarining bo‘linmasini toping
O‗quvchilar ushbu diktantni daftarlariga quyidagi ko‗rinishda yozadilar: 
1-misol. 36+28=64 
2-misol. 41-19=22 
3-misol. 24x3=72 
4-misol. 91:7=13 
Boshlang‗ich sinf ona tili va o‗qish darslarida o‗quvchilar nutqini o‗stirish, iqtidorli 
o‗quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish maqsadida qator mustaqil ish turlaridan foydalanish 
mumkin. Masalan, quyidagi mavzularda hikoyalar tuzish topshirig‘ini berish mumkin: 
1. Oilamizda dam olish kuni. 


2. Mening bir kunim. 
3. Maktabdan uygacha. 
4. Dunyoda nima go‗zal? 
Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar tafakkurini o‗stirish nostandart holatlar bo‗yicha 
hikoyalar tuzish topshirig‗ini berish ham mumkin. Masalan, uylarida boqadigan uy hayvonlari 
nomidan hikoya tuzish topshirig‗i o‗quvchilarda fantaziyani, nutqni, kuzatuvchanlik va ziyraklik 
xislatlarini o‗stirish bilan birgalikda ekolgik tarbiya berishga ham yordam beradi. Ular quyidagi 
mavzularda bo‗lishi mumkin: 
1. Mening itim Olapar nima deydi? 
2. Qo‗ylar nima haqida o‗ylaydi? 
3. Tovuqlar va jo‗jalarim. 
4. Agar daraxtlarning tili bo‗lganida...
Quyida o‗quvchilar tomonidan tuzilgan ana shunday hikoyalardan namuna keltiramiz: 
3-sinf o‗quvchisi Jabborova Umida o‗zi boqadigan iti haqida quyidagicha hikoya tuzdi: 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling