Qurbonova sevara suyunovna
Shaxsning til o„rganishga nisbatan qobiliyatini aniqlash
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talim jarayonida iqtidorli oquvchilar imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi
Shaxsning til o„rganishga nisbatan qobiliyatini aniqlash
Quyidagi so‗zlardan foydalanib, gaplarni shu tilga tarjima qiling. Sizga 10 daqiqa vaqt. So‗zlar: U – va Ter – ota Term – otamnikiga Nafe – aka Nate – uka Niixa – bormoq, mehmon bo‗lmoq Beg – sevmoq, yaxshi ko‗rmoq Em – mening, meniki Ru – men Du – sen X – inkor ma‘nosi Gaplar: 1. Sen otamnikiga bording. 2. Men seni sevaman. 3. Sen menikiga kelding. 4. Men otamnikiga bordim. 5. Men otamni sevaman. 6. Otam ukamnikiga bordi. 7. Otam seni sevadi. 8. Men seni sevmayman. 9. Otam menikiga kelmaydi. 10. Otam va men senikiga bordik. To‗g‗ri javoblar: 1. De term nixa 2. Ru de beg. 3. De yem nixa 4. Ru term nixa 5. Ru ter beg. 6. Ter natem nixa 7. Ter de beg. 8. Ru de beg. 9. Ter yem nixax. 10. Ter u ru dem nixa. Izoh; 10 daqiqa orasida qancha gap tarjima qilinsa, ball shuncha yuqori bo‗ladi. Maksimal ball – 10 ball. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida mustaqil fikrlash darajalarini, dunyoqarashlari kengligini, tafakkur yurita olish tezligini va iqtidorini aniqlash maqsadida quyidagi ―O‗yin- topishmoq‖dan (G‗afforova T., Nurullayeva Sh. Boshlang‗ich sinf ona tili darslarida mustaqil ishlar va didaktik o‗yinlar. Qarshi: Nasaf. – 2003.) ham foydalanish mumkin: Buning uchun o‗qituvchi o‗quvchilarga javobi bir xil bo‗lgan 3 ta topishmoq yoki ta‘rif bilan murojaat qiladi. O‗quvchilar javob varaqalariga «1-savol» deb yozadilar. Pastidan esa «1- javob», «2-javob», «3-javob» deb yozadilar va har bir topishmoq (ta‘rif) o‗qilgach, javoblarni javob varaqalariga qayd qiladilar. Birinchi topishmoq (ta‘rif) xiyla murakkab, ikkinchi topishmoq (ta‘rif) osonroq, uchinchi topishmoq (ta‘rif) esa juda oson bo‗ladi. Mustaqil fikrlay oladigan ziyrak o‗quvchilar birinchi topishmoqdanoq to‗g‗ri javobni topa oladilar va natijada uchta javobning ham bir xilligiga iqror bo‗ladilar. Bu me‘yor ancha real natijalarni olishga imkon yaratish bilan birgalikda ball belgilashda ham qulayliklar tug‗diradi. Ya‘ni birinchi topishmoq (ta‘rif)danoq to‗g‗ri javob topilsa 3 ball, ikkinchi topishmoq (ta‘rif)dan to‗g‗ri javob topilsa 2 ball va nihoyat uchinchi urinishdagina to‗g‗ri javob topilsa 1 ball beriladi. Agar umuman to‗g‗ri javob topilmasa 0 ball. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling