Qurbonova sevara suyunovna
III.2. Tajriba-sinov ishlari natijalarining yakuniy tahlili
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talim jarayonida iqtidorli oquvchilar imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„quv topshiriqlarining murakkablilik darajalari
III.2. Tajriba-sinov ishlari natijalarining yakuniy tahlili
Boshlang‗ich sinflarda iqtidorli o‗quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni takomillash borasida izlanishlar olib bordik. Tadqiqot davomida kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar psixologik-pedagogik xususiyatlari, iqtidor va uni shakllantirishning psixologik asoslarini o‗rganish asosida iqtidorli o‗quvchilar bilimlarni o‗zlashtirishdagi faolligi, tafakkurining mustaqilligi, dunyoqarashining kengligi bilan ajralib turishini aniqladik. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar orasidan iqtidorli o‗quvchilarni diagnostik usullar orqali aniqlash, ular bilan olib boriladigan ishlarni takomillashtirish uchun, dastavval, o„quvchilarning iqtidorlilik mezonlarini quyidagicha belgilab oldik: 1. Ma‘lumotlarni xotirasida yaxshi va uzoq saqlay oladi; 2. Mustaqil, ijodiy, mantiqiy va abstrakt tafakkuri rivojlangan; 3. Har qanday vaziyatdagi muammolarni ko‗ra oladi va ushbu muammolarning original yechimini topadi. 4. 3-va undan yuqori murakkiblilik darajasidagi o‗quv topshiriqlarini mustaqil ravishda tezda hal qila oladi. O‗quv topshiriqlarini bajarilish tartibi, talablari va uni bajarishda o‗quvchidan talab qilinadigan sifatlarga va murakkablilik darajasiga ko‗ra 6 darajaga ajratdik. O„quv topshiriqlarining murakkablilik darajalari: 1-daraja: reproduktiv xarakterga ega bo‗lib, topshiriqlar darslikda berilgan namuna yoki o‗qituvchi tushuntirishlari asosida hal etiladi; 2-daraja: rekonstruktiv xarakterga ega bo‗lib, namunadan qisman farq qiladi; 3-daraja: topshiriqlar hayotiy vaziyatlar bilan bog‗langan bo‗ladi va o‗quvchidan mantiqiy fikrlash talab etiladi; 4-daraja: topshiriq yechimida yangi o‗quv materialini o‗tgan darslarda o‗zlashtirilgan bilimlar bilan bog‗lash lozim bo‗ladi va o‗quvchidan abstrakt tafakkur yuritish talab etiladi; 5-daraja: topshiriqni bajarishda o‗tgan o‗quv yilida o‗zlashtirilgan yoki boshqa fanlardan o‗zlashtirilgan bilimlardan foydalanish va ijodkorlik talab etiladi. 6-daraja: mustaqil ravishda topshiriqlardagi muammolarni topish va uni hal etishga ijodiy yondashish talab etiladi. Muammoga doir tadqiqot ishlarimiz bosqichda amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlarining birinchi - aniqlovchi bosqichida kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarning psixologik xususiyatlari va qobiliyatni shakllantirishning nazariy asoslarini o‗rganish asosida boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining iqtidorli o‗quvchilar bilan olib borayotgan ishlarini o‗rgandik, kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar orasidan iqtidorli o‗quvchilarni aniqladik. Ushbu bosqichda kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarning iqtidorlilik mezonlarini ham belgilab oldik. Tadqiqotimizning ikkinchi bosqichida psixodiagnostika metodlari asosida kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarda iqtidorning shakllanganlik darajasini diagnostika qilish metodikasini ishlab chiqdik va ular tashkil etiladigan mashg‗ulotlarda foydalaniladigan topshiriqlar tizimini tayyorladik. Tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan diagnostik metodika asosida tajriba guruhidan iqtidorli o‗quvchilarni aniqlab oldik. Iqtidorli o‗quvchilar bilan izlanishlarimiz davomida tuzilgan topshiriqlar tizimi asosida alohida mashg‗ulotlar tashkil etdik. Muammoga doir izlanishlarimizning uchinchi – tekshirish bosqichida izlanishlarimiz davomida ishlab chiqilgan diagnostik usul va iqtidorli o‗quvchilar bilan tashkil etilagan mashg‗ulotlarning samaradorlik darajasini aniqlashga harakat qildik. Buning uchun matematika fani misolida boshlang‗ich sinf o‗quvchilari orasidan iqtidorli o‗quvchilar sonini aniqlashga harakat qildik va ushbu ko‗rsatkichlarni tajriba avvalidagi natijalar bilan qiyosladik. Ma‘lumotlar aniq bo‗lishi uchun jadvalda tajriba-avvalida va tajriba oxiridagi natijalarni birgalikda keltiramiz: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling