Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Download 3.37 Mb.
bet51/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

2-rasm. Betonning sovuq natijasida nurashi.
Atmosfera ta’siriga chidamlilik materialni 25 va undan ko‘p marta namlanib quritilganda uning shakli va mustahkamlik ko‘rsatkichining o‘zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda Yog‘ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va x.k. omillarning ta’sirida materiallar astasekinlik bilan buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar tarkibidagi namni bug‘lantirib, material kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi.


Mavzu: Minerallar haqida umumiy tushunchalar. Choʻkindi, magmatik va metomorf togʻ jinslari.


Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar.

  3. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish.

  4. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari.

  5. M.T. Qurilish materiallari buyumlari nano, mikro, makrostrukturasi.
    1. Umumiy ma’lumotlar


TOG‘ jinslari deb, bir yoki bir necha mineraldan tashkil topgan jinslarga aytiladi.
Mineral deb, kimyoviy tarkibi bir xil, fizik xossalari bir xil bo‘lgan tabiiy jinsdir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinsiga monomineral, bir necha mineraldan tashkil topganiga polimineral deyiladi.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, er qatlamida yuz bergan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bo‘lsada, tog‘ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan.
Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi.Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insoniyat tarixi toshdan yasalgan qurollar va asbob uskunalar orqali belgilangan tosh davridan boshlangan deb aytiladi. Bundan muqaddam, insoniyat bilan hayvonlar o‘rtasidagi tafovut jismoniy tomondan bo‘lgan. Ammo insonlar toshdan foydalanishni boshlagan paytlardan boshlab ikkalasining ham dunyosi butunlay o‘zgarib ketgan.
Tosh - qoyalarda mavjud bo‘lgan yer ashyolari,materiali va minerallardan shakllanadigan tabiiy va qattiq modda deb aniqlab kelinadi.. Qoyani esa xech qanday aniq shakl va strukturaga ega bo‘lmagan yerning ustki qatlamining qismi deb atash mumkin. Deyarli barcha qoyalar ma’lum kimyoviy tarkibga ega va organik moddalardan paydo bo‘ladi. Qoya toshni shaklga keltiradigan minerallar esa : chaqmoqtosh, felspar, mika, dolimit va hokazolar. Qoyalardan qurilishga foydalaniladigan granit, basalt, trap, marmar, shifer, qumlitosh va ohaktoshlar olinadi. Xatto ularning narxi ishlatilishidagi ayrim cheklovlarga qaramasdan,bino qurilishida toshlardan foydalanish qayerda ishlab chiqarilishiga qarab an ‘anaviy bo‘ladi. Qurilish maqsadlari uchun ishlatiladigan toshlarning tanlovini idora qilib turadigan holatlar: narx, usul, bezakning qiymati va chidamliligidir. Tarixdan ilgari davrdan beri toshlar ko‘plab strukturalarning qurilishida foydalanilgan. Dunyo bo‘ylab ko‘plab qal’alar, Toj Mahal, Misrning mashxur piramidalari va Buyuk Xitoy devori, bularga ba’zi misollar bo‘la oladi xolos. Shuningdek, toshlardan bino qurilishining barcha elementlarida qismlarni ko‘tarib turagan yuk sifatida,Shuningdek, binoning ko‘rkamligi va go‘zalligini yuksaltirishda keng foydalanilgan. Qurilish materiali sifatida toshlar sement va temirning rivojlanishi natijasida sekin asta o‘z o‘rnini yo‘qotib borgan. Ikkinchidan, toshlardan qurilgan strukturaviy elementlarning kuchini muvofiq tarzda tahlil qilish mumkin emas. Bulardan foydalanishda to‘siq bo‘ladiga boshqa katta omillar: ularni yetkazib borish, hamda qurilishning sust sur’atidagi ko‘p vaqtni oladigan bog‘log‘ich muammo qilib ko‘rsatiladi.
Minerallarni agregatsiya bo‘lishi va qoyalarning xususiyati bularni yuzaga keltiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra o‘rganilib chiqiladi va bunda bir qancha belgilar masalan qattiqligi, yorilishi, xususiyati, rangi, yaltiroqligi, o‘ziga xos tortishish kuchi va
kristallarning shakllari tekshirib chiqiladi. Ba’zi minerallarning xususiyati juda kuchlidir, xususan qattiq va kimyoviy qarshiligi juda kuchlidir (kvarts), ba’zilariniki esa kuchsiz va suvni shimish xususiyati juda kuchli (gips), ba’zi minerallarni yorilish tendensiyasi juda kuchli bo‘lib tezda bir yoki bir necha shakllarga bo‘linib ketadi ((sluda) Shunday qilib qoyalar kuchining pasayishiga tom ma’noda ularning ham hissalari bor albatta.
Minerallarning muhim xususiyatlari quyida batafsil berilgan:
Qattiqlik ehtimol minerallarni baholashni muhim xususiyatlaridan biridir.Bu sinov odatda qattiq modda sifatida mashhur bo‘lgan bir necha moddalarni tirnatish orqali baholanadi.
Yorilishi ba’zi minerallarning Kristal yuzalar bo‘ylab parallel yorilish qobilyatini belgilash orqali aniqlanadi.Minerallarda yorilishning turli xil ko‘rinishlari uchrab turadi masalan prizmatik tarzda yorilish, kubik shaklda yorilish,rom shaklda va boshqa ko‘rinishlari mavjud.
Rang xususiyati ham minerallning muhim xossalaridan biridir.
Kukun shakli: B’zi minerallarni rangi ularning kukunidagi rangidan butunlay farq qiladi lekin bu ayrim holatlarda ruda-minerallarini aniqlashda qo‘l keladi.
Rang metal minerallarda qimmatli xususiyatlardan biridir, lekin metal bo‘lmagan minerallar uchun ikamroq xususiyatga egadir.
Yaltiroqlik minerallning yuza qismini yaltirashi va uning oynaga o‘xshagandek, marvariddek va ipakday yorug‘likda aks ettishida ko‘rinadi.
Kristal: Mineralning tabiiy shakli rivojlanishi va o‘sishi uchun imkoniyati bo‘lganda uning shakli muhim ahamyatga ega bo‘ladi. Bu qoyalarning shakllanishida noramall holat emasdir.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling