Qurilish materiallari va buyumlari cdr


Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar


Download 3.37 Mb.
bet52/106
Sana31.01.2024
Hajmi3.37 Mb.
#1829113
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Bog'liq
Qurilish materiallari va buyumlari cdr

Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar


Tog‘ jinslari shakllanish jixatidan uch genetik guruhlarga bo‘linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan Cho‘kindi tog‘ jinslari, er qatlamida fizik- kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘ jinslaridir (1-jadval).
Magmatik tog‘ jinslar
Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida er yuziga toshib chiqishidan yoki erning yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi. Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muxitda asta- sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi.
Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) er yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil qiladi.
Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari, temir- magnezialli silikatlar kiradi.




1-rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Gabbro”.


      1. rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Liparit”.



      1. rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Diorit”.

      2. rasm. Magmatik tog‘ jinsi “Obsidian”.








      1. Download 3.37 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling