Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


-Amaliy mashg’ulot: Mavzu:O’lcham to’g’risida tushuncha. Ichki va tashqi o’lchamlar. Nominal, haqiqiy, chegaraviy va o’rtacha o’lchamlar


Download 1.41 Mb.
bet3/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

2-Amaliy mashg’ulot: Mavzu:O’lcham to’g’risida tushuncha. Ichki va tashqi o’lchamlar. Nominal, haqiqiy, chegaraviy va o’rtacha o’lchamlar.
Reja:

  1. O’lcham to’g’risida tushuncha.

  2. Ichki va tashqi o’lchamlar.

  3. Nominal, haqiqiy, chegaraviy va o’rtacha o’lchamlar.

Tekis parallel chetlar bo’yicha uzunlik o’lchovchi andozalar o’lchamni uzunlik etalonidan buyumgacha uzatishga xizmat qiladi. Ular o’lchov laboratoriyalarida, nazorat - tekshiruv maskanlarida va asbobsozlik tsexlarida ishlatiladi hamda o’lchamlarning yagonaligini tahminlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Bunday andozalar, ya’ni plitkalar to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, turli muayyan nominal o’lchamlarda tayyorlanadi. Plitkalarning ishchi tomonlariga bir-biriga yopishadigan darajada yuqori aniqlikda ishlov beriladi, natijada ulardan istalgan o’lchamdagi andoza hosil qilish mumkin bo’ladi (6.1-rasm). Plitkalar 0,1 dan 1000 mm gacha bo’lgan nominal o’lchamlarda, o’lchamlarning har 0,001; 0,01; 0,1; 0,5; 1; 10; 25; 50 va 100 mm oraliqlari uchun ishlab chiqariladi.

Plitkalar: a – muayyan o’lchamdagi plitka (L – plitkaning nominal o’lchami, L=AV; Q – o’lchash tekisligi; N – o’lchash tekisligida joylashgan nuqta); b – 17,105 mm o’lchamni hosil qilish uchun 4 ta plitkadan hosil qilingan to’plam; v – plitkalarni bir – biriga sirpab yopishtirish jarayoni
Plitkalarning o’lchash yo’nalishidan boshqa o’lchamlari quyidagicha:
10 mm gacha bo’lgan nominal o’lchamlar uchun - eni 9 mm, balandligi 30 mm; 10 mm dan katta o’lchamlar uchun - eni 9 mm, balandligi 35 mm .
Plitkalar termalar ko’rinishida chiqariladi. Davlat standartlari 15 turdagi plitkalarning termalarini nazarda tutadi.
Plitkalar tayyorlanish aniqligiga muvofiq ravishda 4 ta sinfga: 0,1,2,3 - sinflarga bo’linadi. Aniqlik sinflari o’rtacha uzunlikdan va tekis parallellikdan ruxsat etilgan cheklanishlari bo’yicha belgilanadi. Jumladan, 10 mm o’lchamli plitka uchun o’rtalik uzunlikdan ruxsat etilgan chetlanishlar: 0-sinf uchun 0,1 mkm, 1-sinf uchun 0,2 mkm, 2-sinf uchun 0,4 mkm, 3-sinf uchun 0,8 mkm, tekis parallellikdan ruxsat etilgan chetlanishlar: 0-sinf uchun 0,07 mkm, 1-sinf uchun 0,10 mkm, 2-sinf uchun 0,15 mkm, 3-sinf uchun 0,3 mkm. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, chetli andozalarning tayyorlanish aniqligi juda yuqori bo’ladi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling