SHtrixli uzunlik o’lchagich asboblar
Bunday asboblarga shtrixli uzunlik o’lchovchilar (andozalar), o’rama gazcho’plar, o’lchash chizg’ichlari va taxlama metrlar kiradi (6.2-rasm).
а)
б)
в)
SHtrixli uzunlik o’lchovchilar: a - shtrixli namunaviy metr; b – lineyka; v - RZ rusumdagi o’rama gazcho’p; g - RJ rusumdagi o’rama gazcho’p
Ishchi uzunliklarni tekshirish uchun brussimon shtrixli andozalar namuna hisoblanadi, shuningdek, ular chiziqli o’lchamlarni bevosita aniq o’lchashda ishlatiladi. O’lchash aniqligi sinfi 0,1,2,3 va 4 bo’ladi. O’rama gazcho’plar, asosan, po’latdan tayyorlanib, uzunliklari 1,2,5,10,20,30 va 50 m bo’ladi. O’lchov amaliyotida uzunligi 1000 mm gacha bo’lgan lineykalar ham ishlatiladi.
SHtangen asboblar
SHtangen asboblarga shtangen pargarlar, shtangen chuqurlik o’lchagichlar va shtangenreysmuslar kiradi. SHtangen pargar yordamida tashqi va ichki o’lchamlar o’lchanadi; shtangen chuqurlik o’lchagichlar bilan chuqurliklar, balandliklar va chiqiqlarning o’lchamlari o’lchanadi; shtangenreysmuslar plita ustida joylashgan detallarning balandliklarini belgilash va o’lchashda ishlatiladi.
SHtangen asboblarning asosiy turlari 6.3-rasmda ko’rsatilgan.
а)
б)
в)
г)
SHtangen asboblar: a) shtangen pargar SHTS I va b) shtangen pargar SHTS II: 1 – shtanga, 2 – o’lchash lablari, 3 – ramka, 4 – ramka qisqichi, 5 – nonius, 6 – chuqurlik o’lchash chizg’ichi, 7 – mikrometrik uzatgich; v) shtangen chuqurlik o’lchagich: 1 – shtanga, 2 – asos, 3 – ramka, 4 – nonius;
g) shtangenreysmas: 1 – kroshteyn, 2 – o’lchov oyoqchasi, 3 – qisuvchi halqa, 4 – o’lcham chizish oyoqchasi, 5 – nonius, 6 – ramka, 7 – shtanga, 8 – asos.
Ikkita shtrixli asosiy va qo’shimcha shkalaning mavjudligi shtangen asboblarning alohida xususiyatidir. SHkalali shtanga va shkala-nonius shtangen asboblarning asosiy qismlaridir. SHtanga shkalasining bo’lak birligi 1 mm ga teng bo’lsa, shkala-noniusning bo’lak birligi 0,1 yoki 0,05 mm ga teng bo’ladi.
SHtangen asboblarda o’lchash bajarilganda, uning har ikki shkalasidan sanoq olinadi va o’lcham miqdori quyidagi ifodadan topiladi:
A = n1i1 + n2i2 ,
bu yerda: i1 va n1 - asosiy shkalaning bo’lak birligi va o’lchangan butun bo’laklar soni; i2 - bo’lak birligi; n2 - noniusning asosiy shkala shtrixi bilan ustma-ust tushgan shtrixi tartib soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |