Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar


Download 1.41 Mb.
bet6/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar
Tekis parallel chetlari bo’yicha uzunlik o’lchovchi andozalar qaerlarda ishlatiladi?
O’lchov plitkalari qanday o’lchamlarda tayyorlanadi?
O’lchov plitkalari tayyorlanish aniqligi bo’yicha nechta sinfga bo’linadi?
Qanday shtrixli uzunlik o’lchash asboblarini bilasiz?
Brussimon shtrix va andozalar o’lchash aniqligi bo’yicha qanday sinflarga bo’linadi?
Po’lat o’rama gazcho’plar qanday uzunliklarda ishlab chiqariladi?
Amaliyotda qanday shtangen asboblar qo’llaniladi?
SHtangen asboblar qanday asosiy qismlardan iborat?
SHtangen asboblar qanday tuzilgan?
Qanday mikrometrik o’lchash asboblari mavjud?
Mikrometrlar qanday o’lchov oraliqlari bo’yicha ishlab chiqariladi?
Birinchi aniqlik sinfiga mansub mikrometrning 0-100 mm o’lchash diapozonida ruxsat etilgan xatoligi qancha?
3-Amaliy mashg’ulot:Olcham xatoliklari. O’lchash aniqligini baxolash chetlari bo’yicha uzunlik o’
Reja:

  1. O’lchashlar xatoliklari.

  2. O’lchash vositalarini tanlash.

  3. O’lchash aniqligini baholash.

O’lchashlar xatoliklari.
O’lchashlar xatoliklarining turlari, ularni vujudga keltiradigan manbalar
O’lchashlar natijalarini tahlil qilishda fizik kattaliklarning haqiqiy miqdorlari o’lchash natijalari bilan taqqoslanadi. O’lchash natijasi (X) bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori (Q) o’rtasidagi farq  o’lchash xatoligi deyiladi.
 = X – Q .
O’lchash natijalari va o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori qanchalik yaqinligini ko’rsatuvchi sifat darajasiga o’lchashlar aniqligi deyiladi.
O’lchashlar xatoliklarini hosil bo’lish sabablariga va turiga qarab tasniflashadi. Hosil bo’lish sabablari bo’yicha o’lchamlar xatoliklari quyidagi tarkiblarga ajratiladi.
Uslub xatoligi o’lchash uslubining mukammal emasligi natijasi. Uslub xatoligi ham tarkibiy bo’lib, ayrim tashkil etuvchilar: asbobning ko’rsatish xatoligi, harorat sharoitlari o’zgarishlari bilan bog’liq xatolik kabi bir qator xatolar to’plamidan tarkib topadi.
Sanoq xatoligi o’lchash natijalaridan yetarlicha aniq sanoq olinmasligi natijasida paydo bo’lib, sanoq oluvchining shaxsiy xususiyatlariga bog’liqdir.
Asbob xatoligi qo’llanilgan o’lchov vositasi xatoligi. O’lchash vositalari xatoligi asosiy va qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi. Asosiy xatolik sifatida normal (me’yoriy) sharoitda ishlatilgan o’lchash vositalariga xos xatoliklar qabul qilinadi. Qo’shimcha xatolik esa o’lchash almashtirgichlari xatoligidan va me’yoriy sharoitlardan chetlanishlar keltirib chiqargan xatolikdan tashkil topadi. Ruxsat etilgan xatolik chegarasini belgilash bilan o’lchash vositalarining xatoliklari me’yorlanadi.
O’lchash vositasining ruxsat etilgan xatolik chegarasi o’lchash vositasi yaroqli hisoblanib, ishlatishga ruxsat berilishi mumkin bo’lgan eng katta xatolikdir.
Barcha sanab o’tilgan xatoliklar turi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi.
Tizimga xos xatoliklar doimiy yoki aynan bir kattalikni takror o’lchaganda ma’lum qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan xatoliklardir. Aniqlangan tizimga xos xatoliklarni tegishli tuzatmalar kiritish yo’li bilan o’lchash natijalaridan bartaraf qilish mumkin.
Bunga misol qilib, shkaladagi noto’g’ri belgilashlar evaziga vujudga kelgan xatolikni, asbobni nolga keltirishda ishlatilgan toshlar va boshqa turdagi andozalarga oid xatoliklarni keltirish mumkin.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling