Mikrometrik asboblar
Bunday asboblar sinfini mikrometr, mikrometr nutrometr (ichki o’lchamlarni o’lchagich), mikrometrik chuqurlik o’lchagich kabi o’lchash vositalari tashkil etadi. Mikrometrlar tashqi o’lchamlarni, mikrometrik nutrometr - teshik o’lchamlarini, mikrometrik nutromer - chuqurlik va balandlik o’lchamlarini o’lchashga mo’ljallangan. Ularning ishlash tamoyili mikrometrik murvat (vint) ning aylanma harakatida hosil bo’ladigan burovchi juft kuch (moment) dan qo’zg’aluvchan o’lchov tovoni (izmetritelpnaya pyatka) ni ilgarilanma harakatlantirishda foydalanishga asoslangan.
Mikrometrik asboblarning sanoq qurilmasi asosiy va qo’shimcha (mikrometrik) shkalalardan tarkib topadi. Asosiy (bo’ylama) shkala mikrometr o’zagiga chiziladi, qo’shimcha (aylanma) shkala esa mikrometrik xalqa (chambarak) ga chiziladi. O’zakda bo’ylama chiziqli belgi (prodolpnaya riska) va uning ikki tomonida bo’lak qiymati 1 mm bo’lgan ikkita (yuqori va quyi) shkala tasvirlangan. Yuqori shkala quyi shkalaga nisbatan 0,5 mm siljigan bo’lib, o’z navbatida, quyi shkala to’liq, yuqori shkala yarim millimetrlarni ko’rsatadi. Aylanma shkala 50 ta bo’lakka bo’lingan bo’lib, mikrometrik xalqaning qiyalangan chetlari bo’ylab joylashtirilgan, millimetrning yuzdan bir ulushlarida sanoqlar olishga imkon beradi (6.4-rasm).
Mikrometrlar va ularni tuzilishi: a – oddiy mikrometr, 1 – asosiy changak, 2 – qo’zg’almas tovon, 3 – vint, 4 – to’xtatuvchi to’siq, 5 – o’zak, 6 – xalqa (chambarak), 7 – tishli murvat; b – mikrometrning sanoq qurilmasi, 1 – asosiy shkala, 2 – qo’shimcha (mikrometrik) shkala; v – raqamli sanoq qurilmasiga ega mikrometr
Mikrometrik xalqaning bo’lak birligi i=R/n=0,5/50=0.01 mm ga teng; bu yerda R - rezpba (burama) qadami, n - xalqa bo’laklari soni.
Mikrometrning o’ndan bir va yuzdan bir ulushlari xalqadagi shkaladan, o’zakning bo’ylama rejasi qarshisida turgan songa teng deb olinadi.
Tekis (MK turdagi) mikrometrlar 0-300 mm gacha bo’lgan o’lchashlar uchun har bir 25 millimetrli oraliqqa (0-25, 25-50 va hokazo) va 300-600 mm gacha bo’lgan o’lchashlar uchun har bir 100 mm li oraliqqa ishlab chiqariladi.
Birinchi aniqlik sinfiga mansub mikrometrlarning ruxsat etilgan xatoligi 0-100 mm li o’lchash diapazonida 5 mkm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |