Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Download 1.41 Mb.
bet1/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK – QURILISH INSTITUTI


QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI“ kafedrasi


Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
fanidan amaliy mashg’ulot uchun


USLUBIY KO‘RSATMA

5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»,

bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun


NAMANGAN-2022

5340500 - Qurilish materiallari va buyumlari ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda ushbu “Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani bo’yicha bajariladigan amaliy mashg’ulot ishlari bajarish usullari ko’rsatilgan.


Tuzuvchi:
B.Sharopov- NamMQI, Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi o’qituvchisi


Taqrizchilar:
S.Xolmirzayev- NamMQI , Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi professori, t.f.n.
Uslubiy ko’rsatma QMB kafedra yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan 2022-yil «___» ________________dagi «_____» -sonli majlis bayoni
Uslubiy ko’rsatma Qurilish fakultetining kengashida ko’rib chiqib ma’qullandi.
2022-yil «___» _______________dagi «_____» -sonli bayoni
Uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik qurilish instituti ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan.________ majlis bayoni, 2022- yil ________

Registratsiya raqami _______




1-amaliy mashg’ulot: Metrologiya asoslari. Fizikaviy xossalar va kattaliklar.
Reja:

  1. Metrologiyaning predmeti va vazifalari.

  2. Metrologiyaning asosiy tushunchalari.

  3. Fizik kattaliklari.

Metrologiyaning predmeti va vazifalari. Metrologiyaning umumiy ta’rifi O’z.R.ST 8.010-93. “O’lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’rif” larda berilgan: metrologiya – o’lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan. “Metrologiya” yunoncha so’z bo’lib “metron” - o’lchov va “logos” - (ta’limot) so’zlaridan tuzilgan.
Metrologiya fizik kattaliklarni o’lchash, o’lchashlarning talab etilgan aniqligiga erishish usullari va uslublari haqidagi fandir. Metrologiyaning asosiy vazifalari quyidagilar: Fizik kattaliklarning birliklarini o’rnatish, ularning etalonlarini yaratish va ishlatish, fizik konstantalar, material va moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini belgilash va aniqlashtirish, standart boshlang’ich mahlumotlar xizmati va standart namunalar xizmatini yuritish, o’lchov asboblarini tekshirish va sozlashning standart usul va vositalarini yaratish va joriy etish, o’lchov vositalarining davlat sinovini o’tkazish.
Metrologiya bir-birini to’ldiruvchi uchta mustaqil qismlarga bo’linadi. Ularning asosiysi “Nazariy metrologiya” bo’lib, unda o’lchash nazariyasining umumiy masalalari bayon qilinadi. “Amaliy metrologiya” qismida nazariy tadqiqotlar natijalaridan faoliyatning turli sohalarida amalda foydalanish masalalari o’rganiladi. Va nihoyat, yakunlovchi “Qonunlashtiruvchi metrologiya” qismida esa o’lchashlar birligini va o’lchash vositalarining bir xilligini tahminlashga yo’nalgan texnikaviy va huquqiy me’yor, qoida, talablarga rioya etilishini tahminlash, davlat tomonidan muvofiqlashtirishga oid masalalar o’rganiladi.
Obhektlar va jarayonlarning xossalari haqida miqdoriy mahlumotlarni yetarli aniqlik va ishonchlilik bilan ajratib olish metrologiyaning predmeti hisoblanadi. Metrologiya vositalari bu o’lchash vositalari va metrologik standartlarning ratsional ishlatilishini tahminlaydigan uslublar to’plamidir.
Metrologiyaning asosiy tushunchasi o’lchashdir.
O’z.R.ST 8.010-93 bo’yicha ta’riflasak, o’lchash maxsus texnikaviy vositalari yordamida tajriba yo’li bilan fizikaviy kattalikning miqdorini topishdir.
O’lchashlar insoniyatning kundalik hayotida, texnik – texnologik va ilmiy - nazariy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir. Aniq, tabiiy va texnikaviy fanlardan birontasini o’lchashlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Metrologiyaning taraqqiyotisiz hech bir fan rivojlana olmaydi.
O’lchashlarning ahamiyati uch tomonlama: falsafiy, ilmiy va texnikaviy jihatlarda namoyon bo’ladi.
O’lchashlar fizik hodisalar va jarayonlarni bilishning muhim universal uslubi ekanligida metrologiyaning falsafiy jihati aks etadi. SHu mahnoda metrologiya boshqa fanlar o’rtasida alohida ahamiyat kasb etadi. O’lchash imkoniyati obhektning muayyan xossasini oldindan o’rganish, ushbu xossaning hamda uni tashuvchi - o’lchash obhektining abstrakt modellarini tuzish mumkinligi bilan izohlanadi. SHuning uchun o’lchash bilishning birlamchi usullari qatoridan emas, balki ikkilamchi (kvantitativ) usullari qatoridan o’rin oladi. Ikkilamchi bilish amallarida mahlumotlarni shakllantirish (bilish natijalarini belgilash) masalasi hal qilinadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, o’lchash turli bilish uslublari yordamida olinadigan mahlumotlarni kodlashtirish uslubini, yahni bilish jarayonining olingan mahlumotlarni qayd etish bilan bog’liq yakuniy bosqichini o’zida aks ettiradi.
Barcha fanlarda nazariya bilan amaliyot o’rtasidagi aloqani kuzatish va o’rganish o’lchashlar vositasidagina mumkinligi metrologiyaning ilmiy jihatini ko’rsatadi. O’lchashlarsiz ilmiy nazariya va farazlarning qay darajada to’g’riligini tekshirish, tahlil qilish va rivojlantirish mumkin emas.
O’lchash boshqaruv va nazorat ob’ekti haqida miqdoriy ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Bunday mahlumotlarsiz texnik jarayonning berilgan shartlarga muvofiq kechishini aniq kuzatish, mahsulotlarning yuqori sifatini tahminlash va texnologik jarayonni samarali boshqarish mumkin emas. Bularning barchasi o’lchashning texnik jihatini ko’rsatadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling