Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Metrologiyaning asosiy tushunchalari
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik kattaliklar
- O’lchashlar birligi nazariyasi.
- Fizik kattaliklarning birliklari nazariyasi
- Fizik kattaliklar birliklarining o’lchamlarini uzatish nazariyasi
- O’lchash asboblarining tuzilishi nazariyasi.
Metrologiyaning asosiy tushunchalari. Boshqa fanlarda bo’lgani kabi metrologiyada ham asosiy tahriflar, atamalar va postulatlarni shakllantirish, fizik birliklar haqida tahlimot va metodologiya mavjud. Ayrim sohalarda o’lchashlar asosini o’ziga xos tushunchalar tashkil etadi va ular nazariy jihatdan mustaqil rivojlanib boraveradi. Bunday sharoitda o’lchashga oid asosiy tushunchalar turli sohalar uchun yetarlicha umumiy holda ishlab chiqilmasa, mohiyati bir xil bo’lgan masalalarni har safar yangitdan yechishga majbur bo’linadi. SHu nuqtai nazardan ushbu bo’limni rivojlantirib borish, ayniqsa, muhimdir. Nazariy metrologiyaning tuzilishi 2.1-rasmda keltirilgan.
Asosiy tahriflar va atamalar. Bu bo’lim o’lchashlarning turli sohalarda shakllangan tahrif va tushunchalarini metrologiya nuqtai nazaridan umumlashtirish va aniqlashtirish bilan shug’ullanadi. Bo’limning asosiy vazifasi metrologik tahriflarning yagona tizimini yaratish, shu asosda metrologiyani rivojlantirib borish, ayrim sohalarda erishilgan o’lchashga oid yutuqlarni boshqa sohalarda ham qo’llashga sharoit yaratishdir. Metrologik postulatlar bo’limining vazifasi metrologiyaning nazariy asoslarini aksiomatik qurilishini rivojlantirish, postulatlar asosida sermazmun va to’liq nazariyani yaratish hamda muhim amaliy xulosalar olishdir. Fizik kattaliklar haqida tahlimot bo’limining asosiy vazifasi fizik kattaliklarning yagona tizimini yaratish, yahni hosilaviy kattaliklarni ifodalash uchun asosiy kattaliklar tizimi va bog’lanish tenglamalarini tanlashdir. Fizik kattaliklarning yagona tizimi ular uchun o’lchov birliklarining umumiy tizimini yaratishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu esa metrologik tahminot nazariyasi va amaliyotini muvoffaqiyatli rivojlantirib borishda juda muhimdir. O’lchashlar metodologiyasi bo’limi o’lchash jarayonlarini ilmiy tashkil etish bilan shug’ullanadi. Fizik tabiati va o’lchash uslublari turlicha bo’lgan kattaliklarga oid o’lchash sohalarini birxillashtirish va umumlashtirish masalalari nuqtai nazaridan o’lchashlar metodologiyasi juda katta ahamiyatga ega. Turli o’lchash sohalarida to’plangan tajriba, usullar va tushunchalarni umumlashtirish va bir tizimga
keltirish muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. O’lchashlar metodologiyasi bo’yicha ishlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: o’lchash usullari va vositalari arsenalining yangilanishi, mikroprotsessor texnikasining keng qo’llanilishi sharoitida o’lchash texnikasi va metrologiya asoslarini qaytadan ko’rib chiqish; o’lchash jarayonlarini tizimlik nuqtai nazaridan tahlil etish; butunlay yangi tamoyillar asosida o’lchashlar jarayonini tashkil etishni yo’lga qo’yish. O’lchashlar birligi nazariyasi. Mazkur bo’lim nazariy metrologiyaning markaziy bo’limi hisoblanadi. U fizik kattaliklarning birliklari nazariyasi, boshlang’ich o’lchov vositalari (etalonlar) nazariyasi va fizik kattaliklarning o’lchamlarini uzatish nazariyasi kabi boblardan tashkil topadi. Fizik kattaliklarning birliklari nazariyasi. Bu bobning asosiy vazifasi mavjud kattaliklar tizimi doirasida fizik kattaliklarning o’lchov birliklarini takomillashtirish, birliklarning miqdorlarini aniqlashtirish va qaytadan aniqlash hamda texnik va texnologik rivojlanish talablaridan kelib chiqib, asosiy birliklarning tarkibini va tahriflarini o’zgartirishdir. Mazkur yo’nalishdagi tadqiqotlar doimiy ravishda, yangi kashf etilgan fizik hodisalar va jarayonlardan foydalangan holda olib boriladi. Boshlang’ich o’lchash vositalari (etalonlar) nazariyasi. Bu bobda fizik kattaliklar birliklari etalonlarining ratsional tizimini yaratish, ularning birligini tahminlash masalalari bilan shug’ullaniladi. Tabiiy o’zgarmas (stabil) fizik jarayonlarga asoslangan etalonlarga o’tish, metrologik tafsilotlar va ko’rsatgichlar bo’yicha eng yuqori aniqlik darajasiga erishish etalonlarni takomillashtirishning istiqbolli yo’nalishidir. Fizik kattaliklar birliklarining o’lchamlarini uzatish nazariyasi. Fizik kattaliklar birliklari o’lchashlarini markazlashgan va markazlashmagan asosda takror ishlab chiqish (qayta tiklash) algoritmlarini yaratish mazkur bobning predmeti hisoblanadi. Mazkur algoritmlar metrologik va texnik - iqtisodiy ko’rsatgichlar bo’yicha asoslangan bo’lishi kerak. O’lchash asboblarining tuzilishi nazariyasi. Bu bobda muayyan fanlar bo’yicha o’lchash usullari va vositalarini yaratish tajribasi umumlashtiriladi. Keyingi yillarda elektr va ayniqsa noelektr kattaliklarni elektron o’lchash vositalari yordamida o’lchash bo’yicha to’plangan nazariy va amaliy bilimlar katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu holat mikroprotsessorlar va hisoblash texnikasining jadal surhatda rivojlanayotganligi, shuningdek, o’lchash va o’lchash natijalarini qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganligi bilan izohlanadi. O’lchashlar aniqligi nazariyasi bo’limi o’lchashlar xatoliklari nazariyasi, o’lchash vositalarining aniqligi nazariyasi va o’lchash jarayonlari nazariyasi boblaridan tarkib topgan bo’lib, unda o’lchashlarning muayyan sohalarida rivojlanayotgan va istiqbolli usullari umumlashtiriladi. O’lchashlar xatoliklari nazariyasi xatoliklarni tasniflash, ularning xossalarini o’rganish va ifodalash bilan shug’ullanib, metrologiyaning muhim nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. CHunki o’lchash natijalarining obhektivligi va ishonchligi amalda o’lchash xatoligi qanchalik to’g’ri baholanganligi bilan bevosita bog’liqdir. O’lchash vositalarining aniqligi nazariyasi. Mazkur bob o’lchash asboblari xatoliklari nazariyasini, o’lchash vositalarining metrologik tafsilotlarini aniqlash va mehyorlashtirish tamoyillari va uslublarini, ularning metrologik ishonchligini tahlil qilish usullarini o’z ichiga oladi. O’lchash jarayonlari nazariyasi. O’lchash bilan bog’liq masalalarning murakkablashishi, o’lchashlar aniqligiga bo’lgan talablarning doimo o’sib borishi, o’lchash uslublari va vositalarining takomillashib borishi o’lchash jarayonini ratsional tashkil etish va samarali bajarishga yo’naltirilgan tadqiqotlar o’tkazilishini talab qilmoqda. Mazkur bob tarkibiga o’lchash uslublari nazariyasi, o’lchash mahlumotlarini qayta ishlash uslublari, o’lchashlarni rejalashtirish nazariyasi hamda o’lchashlarning chegaraviy tahlili kabi qismlar kiradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling