Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»


Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar


Download 1.41 Mb.
bet14/33
Sana08.05.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1442925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
amaliy mash usk

Mustaqil tayyorlanish va nazorat uchun savollar
O’ta aniq etalonlar yaratish nima uchun zarur?
Hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasi harorat, bosim va vakuumni qanday diapazonlarda aniq o’lchashni talab etmoqda?
Lazer nima?
Lazerlar qanday elektromagnit nurlanish diapazonlarida ishlaydi?
Lazer interferometri yordamida uzunlikni qanday aniqlikda o’lchash mumkin?
Radio to’lqinlar va optik diapazonlarda ishlovchi kvant kuchaytirgichlari nima deb ataladi?
Messbauer effekti nima?
Izomer yadrolar qanday o’ziga xos xususiyatga ega?
Introskop asboblar qanday fizik asosda ishlaydi?
Ximotronlar deb qanday asboblarga aytiladi?


6-Amaliy mashg’ulot: Mavzu: Qurilishda sifat nazorati.
Reja:

  1. Sifat to’g’risida umumiy tushunchalar, uning ko’rsatgichlari va nazorat turlari.

  2. Sifat menejmenti bo’yicha asosiy me’yoriy tushunchalar.

  3. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi.

  4. Sertifikatlashtirish.

  5. Mahsulot haqidagi mahlumotlarni standartlashtirish va kodlash.

Sanoat va qurilish mahsulotining sifati deb, mahsulotning vazifasidan kelib chiqib, belgilangan muayyan talablarni qondirishga yaroqliligini bildiruvchi xossalar majmuasiga aytiladi. Sifat obhektiv tafsilot hisoblanib, mahsulotni loyihalash, tayyorlash va foydalanish bilan band kishilarning mehnat faoliyati natijasida shakllanadi.
Mahsulotning sifat ko’rsatgichi - mahsulotni yaratish, ishlatish yoki qo’llashning muayyan sharoitlarini inobatga olib qaraladigan xossalarning miqdoriy tafsiloti. Sifat ko’rsatgichlari alohida va kompleks ko’rsatgichlarga bo’linadi. Alohida ko’rsatgich uning xossalaridan birini ifoda etsa, kompleks ko’rsatgich bir necha xossalarni e’tiborga oladi.
Mahsulot sifatining integral ko’rsatgichi - kompleks ko’rsatgich, mahsulotni ishlatish yoki istehmol qilishdan olinadigan umumiy foydali samara bilan uni yaratish, ishlatish yoki istehmol qilishga ketgan umumiy harajatlar o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Sifatning asos (baza) ko’rsatgichi - mahsulot sifatini taqqoslab baholashda asos uchun qabul qilingan ko’rsatgich.
Mahsulot sifat ko’rsatgichi darajasi - mahsulot sifat ko’rsatgichlarining asos uchun qabul qilingan ko’rsatgichlar bilan taqqoslashga asoslangan nisbiy tafsilot.
Sifat nazorati - mahsulot sifatining standartlar, texnik shartlar, yetkazib berish shartnomasi, buyum pasporti va shu kabi boshqa hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish.
Sanoat va qurilishda sifat nazoratining turli ko’rinishlari mavjud.
Standartlashtirish nazorati loyihalash bosqichida amalga oshiriladi, bu jarayonda bo’lajak buyum uchun ishlab chiqilgan barcha texnik hujjatlarning amaldagi standartlar va me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligi tekshiriladi, shuningdek, istiqboldagi buyumning muhim ko’rsatgichlari, asosiy vazifasiga xos ko’rsatgichlari, standartlashtirish va unifikatsiya darajasi, texnologik va boshqa ko’rsatgichlari nazorat qilinadi.
Mehnat sarfi, qiymati va murakkabligi jihatidan mahsulot tayyorlash jarayonida texnik nazorat xizmatlari tomonidan bajariladigan sifat nazorati katta ahamiyat kasb etadi.
Texnik nazorat - mahsulot tayyorlash jarayonlari va tayyor mahsulotning texnik talablarga mosligini tekshirish. Korxona texnik nazorat xizmatining asosiy vazifasi belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan mahsulot chiqishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Sifat nazoratining ishlab chiqarishda keng tarqalgan bir necha asosiy turlari mavjud. Ularni bir necha belgilar bo’yicha sinflash mumkin:
1. Tashkil etish joyiga qarab:
kirish nazorati - istehmolchi tomonidan unga boshqa korxonalar yoki bo’limlardan kelgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotni nazorat qilish;
operatsion nazorat - bevosita mahsulot tayyorlash jarayonida texnologik dastgohlarga o’rnatilgan o’lchash asboblari yordamida bajariladi;
qabul nazorati - tayyor mahsulot nazorati, uni tayyorlash bo’yicha barcha texnologik jarayonlar tugagandan so’ng o’tkaziladi, shu asosda mahsulotning jo’natishga yoki ishlatishga yaroqliligi to’g’risida qaror qilinadi.
2. Nazorat qilish ko’lamiga qarab (kirish, operatsion (tezkor) va qabul nazoratlariga birday tegishli).
yoppasiga nazorat barcha buyumlarni tekshirish natijalari asosida amalga oshiriladi;
tanlab nazorat qilishda, mahsulot sifati to’g’risida xulosa ixtiyoriy tanlab olingan bir yoki bir necha namunalarni tekshirish natijalari bo’yicha qabul qilinadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling