Qurilish materiallari va buyumlari“ kafedrasi Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko‘rsatma 5340500 «Qurlish materiallari va buyumlari»
Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi
Download 1.41 Mb.
|
amaliy mash usk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sertifikatlashtirish
Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi
Mahsulot sifatini shakllantirish va o’rnatilgan darajada ushlab turish ham boshqarishga muhtoj. Keyingi yillarda bir qator sanoat tarmoqlarida mahsulot sifatini boshqarishning turli tizimlarini qo’llash bo’yicha ijobiy tajriba to’plangan. Bu tajribani tizimlashtirish va nazariy umumlashtirish mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimini yaratishning umumiy tamoyillarini belgilab berdi. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi - ishlab chiqarish, tayyorlash, aylanish va ishlatish yoki istehmol qilish jarayonida mahsulot sifatini o’rnatish, tahminlash va zarur darajada ushlab turishga yo’naltirilgan tadbirlar, uslublar va vositalar majmuasi. Mahsulot sifatini boshqarish jarayonida bir qator tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ularda quyidagilar nazarda tutiladi: texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarishga tashkiliy va texnik xizmat ko’rsatishni yaxshilash; texnologik jarayonlarning borishi va tayyorlanayotgan mahsulot sifati ustidan nazoratni tashkil etish va takomillashtirish; tayyorlanayotgan mahsulot sifati to’g’risida mahlumotlar yig’ish, tahlil qilish va ulardan foydalanishni tashkil etish va takomillashtirish; kadrlar malakasini oshirish, ularni mahsulot sifatini yaxshilashning ilg’or shakllari va uslublariga o’rgatish; chiqarilayotgan mahsulotning texnik darajasi va sifati oshirilganligi uchun moddiy va mahnaviy rag’batlantirish tizimlarini takomillashtirish, sifatsiz mahsulot tayyorlash va chiqarish bo’yicha javobgarlikni ko’chaytirish. Mahsulot sifatini boshqarish ishlab chiqarishni boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi va barcha bo’g’indagi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish Sanoat korxonalari, jumladan qurilish ishlab chiqarishi korxonalarining turli xil mahsulotlari muayyan sifat ko’rsatgichlari bo’yicha belgilangan talablarga javob berishi, muvofiq kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga moslikni talab etadi. Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. "Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarini akkreditlash sohalari bo’yicha asosiy atamalar va qoidalar" qo’llanmasiga kiritilgan. Muvofiqlik bayonoti deb, yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi haqida butun mashuliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so’nggi vaqtlarda "o’z - o’zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashilayotgan hollar ham qayd etilmoqda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mashuliyatni o’zi zimmasiga olgan holda sertifikatlashtirishni o’zi o’tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatligi haqida kafolat beradi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyati o’z-o’zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. Muvofiqlikni attestatlash deganda uchinchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna yoki mahsulotga qo’yilgan talablarning belgilangan ma’lum standartlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishga aytiladi. Sertifikatlashtirish jarayonida mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat turining muayyan standartlarga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishi tasdiqlanadi va mahsulot sifati haqida istehmolchini ishontiradigan tegishli daliliy hujjat - sertifikat beriladi. Ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (tahminlovchi) yoki istehmolchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish ixtiyoriy sertifikatlashtirish deyiladi. Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdo, xalqaro iqtisodiy aloqalar, ilmiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish, ularni muntazam ravishda sinovlardan o’tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko’pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. Sinovchi tashkilot (shaxs) iqtisodiy manfaatdor barcha tomonlar, avvalo, tahminlovchining (birinchi tomon) va xaridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish yuritadi. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng mahnoda mahsulot yoki jarayonning texnikaviy mehyorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini uchinchi tomon vositasida o’tkaziladigan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlar, portlash xavfidan himoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari, aviatsiya vositalari, atom reaktorlari va tog’ texnikasini ishlatishda xavfsizlikni tahminlash uchun texnikaviy nazorat o’rnatuvchi idoralar tomonidan amalga oshiriladigan shartli tekshiruvni tushunish kerak. Sertifikatlashtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatda faol qatnashuvchi subhekt ekspert - auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish, shuningdek, sinov laboratoriyalarini akkreditlashda qatnashishi mumkin. Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo’lgan attestatlangan shaxsga aytiladi. Ekspert-auditor sifatida «O’zdavstandart» tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan tajriba-ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy, o’quv va loyihalash muassasalari hamda belgilangan me’yoriy hujjatlar hamda tajriba-sinov vositalari bilan ishlashda yetarli chuqur bilim va tajribaga ega bo’lgan xususiy shaxs ham bo’lishi mumkin. Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: - mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish; - sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishning barqarorligini nazorat qilish; - sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalari faoliyatini nazorat qilish; - sertifikatlashtirish bo’yicha tavsiyalar berish. Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan mashul vazifalari bo’yicha muayyan huquq va majburiyatlarga egadirlar. Hozirgi davrda 9000 seriyadagi ISO xalqaro standartlariga keng amal qilinmoqda. Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini jahon miqyosida joriy etishga mo’ljallangan sifat nazorati va tahminoti bo’yicha asosiy standartlar – xalqaro modellar bo’lib hisoblanadi hamda quyidagi yo’nalishlardagi faoliyatni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi: ISO 9000 - "Sifatni umumiy boshqarish va sifatni tahminlash bo’yicha standartlar. Tanlash va qo’llash bo’yicha rahbariy ko’rsatmalar"; ISO 9001 - "Sifat tizimlari. Loyihalash, ishlab chiqarish, yig’ish va foydalanishda sifatni tahminlaydigan model"; ISO 9002 - "Sifat tizimlari. Ishlab chiqarish va yig’ishda sifatni tahminlaydigan model"; ISO 9003 - "Sifat tizimlari. Kompleks nazorat va sinovlarda sifatni tahminlaydigan model"; ISO 9004 - "Sifatni umumiy boshqarish tizimlarining elementlari. Rahbariy ko’rsatmalar"; ISO 10011 - "Sifat tizimlarini tekshirish bo’yicha rahbariy ko’rsatmalar"; ISO 10012 - "O’lchash vositalarining sifatini tahminlaydigan talablar". Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling